Qozoğistonning Jambil viloyati, Korday tumani, Masançi qişloğida mahalliy aholi örtasida kelib çiqqan mojaro oqibatida 8 kişi halok böldi, 40dan ortiq fuqaro jarohatlandi. Bu haqda Qozoğiston içki işlar vaziri Yerlan Turğumboyev ma'lum qildi.
Zakon.kz xabariga köra, 30dan ortiq xususiy uy-joy, 15ta savdo obekti hamda 23 dona avtomaşinaga zarar yetkazilgan.
“47 kişi qölga olindi va politsiya bölimiga olib ketildi, ikkita miltiq olib qöyildi”, - deya aytib ötgan içki işlar vaziri Yerlan Turğumboyev.
Öz navbatida, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jomart Töqayev Korday tumanidagi vaziyat munosabati bilan qator topşiriqlar berdi.
Qozoğiston rahbari avvalo mojaro nima sababdan kelib çiqqanini aniqlaş haqida vazifa yuklagan. Şuningdek, Töqayev boş prokurorga Korday tumanidagi hodisalar böyiça suriştiruv işlari ustidan alohida nazorat örnatiş haqida körsatma berdi.
Bundan taşqari, mamlakat Milliy xavfsizlik qömitasi, Boş prokuratura etnik nizoga çaqirayotgan, fitnali miş-miş va yolğon axborot tarqatayotgan şaxslarni javobgarlikka tortiş böyiça çora-tadbirlarni körişi kerakligi belgilandi.


Eslatib ötamiz, mojaro qozoqlar va dunganlar örtasida kelib çiqqan. Barçasiga mahalliy dunganlarning qozoq erkakni kaltaklaşi sabab bölgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda öq ovozlari, tartibsizliklar va olov domida qolgan uylar tasvirlanganini köriş mumkin.
Jambil viloyati politsiya departamentining tergov boşqarmasi Jinoyat kodeksining 293-moddasi (Bezorilik) böyiça sudgaça tergov-suriştiruv harakatlarini boşladi.
Qirğiziston-Qozoğiston çegarasida joylaştirilgan qirğiz çegaraçilari Qozoğistonning çegara tumanida vaziyat keskinlaşgani sababli xizmat ötaşning kuçaytirilgan rejimiga ötkazildi.

















