Qozoğistonning Jambil viloyati , Korday tumanida sodir bölgan tartibsizliklardan söng 130ga yaqin kişi şifoxonaga murojaat qildi, deb xabar berdi mamlakat hukumati matbuot xizmati.

Avvalroq Qozoğiston içki işlar vaziri Yerlan Turğumboyev Korday tumani, Masançi qişloğida mahalliy aholi örtasida kelib çiqqan mojaro oqibatida 8 kişi halok bölgani, 40dan ortiq fuqaro jarohatlangani haqida ma'lum qilgandi.

30dan ortiq uy-joy, 15ta savdo obekti hamda 23 dona avtomaşinaga öt qöyilişi natijasida zarar yetgan. 

Qozoğiston prezidenti Qosim-Jomart Töqayev Korday tumanidagi vaziyat munosabati bilan boş vazir örinbosari Berdibek Saparbayev boşçiligida hukumat komissiyasini tuziş töğrisida topşiriq berdi.

Xabar qilinişiça, tartibsizliklardan söng 127 kişi şifoxonalarga murojaat qilgan, ulardan 84 nafariga tibbiy körikdan söng uylariga javob berilgan.

Eslatib ötamiz, mojaro qozoqlar va dunganlar örtasida kelib çiqqan. Barçasiga mahalliy dunganlarning qozoq erkakni kaltaklaşi sabab bölgan.