Kalayçidining ta'kidlaşiça, mojaroga bir avtomobilning ikkinçi avtomobilga yöl bermagani olib kelgan.
«Uç kişi maşinada yöldan töğri ketayotganda, içida uç kişi bölgan katta yuk maşinasi uydan yölga çiqayotgan bölgan. Mojaroga yöl bermaslik sabab bölgan. Natijada bunday hollarda odatda yuz beradigandek, iş dahanaki jangdan muştumzörlikka aylanib ketgan», deb ma'lum qilgan u.
Vazir örinbosari mojarodan keyin ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan tartibsizlikka çaqiriqlar vaziyatning keskinlaşişiga olib kelganini ta'kidlagan.
«Odamlar öz izohlari oqibatlarini öylamay, ularni jönatişgan. Natijada yoşlarning bir qismi bunday çaqiriqlarga işongan. Biz boşqa hududlarda ham bu iğvogarlarni topdik», deb aytgan vazir örinbosari.
Uning ta'kidlaşiça, iğvogarlar orasida yoşi kattalar ham bölgan.
Kalayçidi tartibsizliklardan keyin Korday tumanida mahalliy kölamda kiritilgan favqulodda holat hozirça yetarli ekanini qöşimça qilgan.
Qozoğiston boş vaziri örinbosari Berdibek Saparbayev tartibsizliklar yuz bergan Korday tumaniga taşrifi vaqtida tartibsizliklar tufayli fuqarolar mulkiga yetkazilgan moddiy zarar qonunçilikka köra qoplab berilişini ma'lum qilgan.
Saparbayev tartibsizliklar vaqtida zarar yetkazilgan ijtimoiy va tijorat obektlari, turar joylarni közdan keçirib çiqqan. «Davlat rahbari jabr körgan oilalarga barça zarur yordamni körsatiş vazifasini topşirdi. Hozirda mutaxassislar zararni baholaşmoqda», degan u.
U, şuningdek, mojaro vaqtida halok bölganlarning xonadonlariga taşrif buyurib, prezident va hukumat nomidan ularga hamdardlik bildirgan.
Öz navbatida, halok bölganlar yaqinlari va mahalliy aholi aybdorlarni topişni söragan. Ularning ta'kidlaşiça, tartibsizliklar atayin sodir etilgan.
7 fevral kuni keçqurun Korday tumanidagi Masançi qişloğida qozoqlar va döngonlar örtasida mojaro kelib çiqqandi. Mojaroga mahalliy döngonlar qozoğistonlik qariyani kaltaklaşi sabab bölgani aytilgan.
Qozoğistondagi mojaro qurbonlari soni ortdi
Sönggi ma'lumotlarga köra, Kordaydagi tartibsizliklar vaqtida 10 kişi halok bölgan, 130 dan köproq odam jarohatlangan.
















