Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonga sayyohlar oqimi sezilarli darajada oshdi. Turistlarning uchdan ikki qismi O‘zbekiston fuqarolari
O‘tgan yili Tojikistonga sayyohlar oqimi 21,6 foizga ortib, bu ko‘rsatkich 1,2 millionlik nuqtadan o‘tdi.
2019 yilda Tojikistonga kelgan sayyohlar soni 1 257 300 nafarni tashkil etdi. Bu – 2018 yil bilan taqqoslaganda 21,6 foizga ko‘proqdir.
Sayyohlarning ko‘pchilik qismini O‘zbekiston fuqarolari (67,9 foiz) tashkil etadi. 2019 yili 853 634 nafar o‘zbekistonlik Tojikistonga borgan, ulardan 99 foizga yaqini turistik maqsadda kelganini bildirgan.
Bu haqda Tojikiston Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Shirin Amonzodaga asoslanib, Asia Plus xabar bermoqda.
Turistlar eng ko‘p kelgan davlatlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda Rossiya qayd etilgan. O‘tgan yili federatsiyaning 212 ming fuqarosi Tojikistonga borgan. Yuqori uchlikni 116 ming sayyoh bilan Qirg‘iziston yakunlab bergan.
Umuman olganda, rasmiylarga ko‘ra, mamlakatga sayyohlar oqimi geografiyasi kengayib boryapti – o‘tgan yili Tojikistonga sayohat qilish maqsadida dunyoning 146 mamlakatidan turistlar kelgan. 2016 yilda bunday mamlakatlar soni 59tani tashkil etardi.
Rasmiy ma'lumotga ko‘ra, turizm 2019 yilda Tojikiston YaIMning 2,2 foizini tashkil etdi. Turistik xizmatlar qamroviga ega sohalar ulushi esa 10,4 foizga teng.
Qo‘shimcha o‘rnida, 2019 yilda O‘zbekistonga 6,7 mln sayyoh kelgan, shundan 5,8 mln nafarini markaziy osiyoliklar tashkil qiladi. MDH mamlakatlaridan 495 600 kishi, uzoq xorijiy davlatlardan 488 400 ming kishi O‘zbekistonga kelgan.
Fevral oyida O‘zbekiston The Independent nashri talqinida turizm sohasi eng tez rivojlanayotgan mamlakatlar orasida 4-o‘rinda qayd etilgan edi.
Mavzuga oid
11:00
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
18:31 / 09.06.2026