Oxirgi ma'lumotlarga köra, Xitoyda koronavirus qurbonlari soni bir kunda 97 nafarga köpayib, umumiy soni 908 nafarni taşkil qilmoqda. Şuningdek, kasallanganlar soni 40171 nafarga yetdi.    

Ayni vaqtda Xitoy şifoxonalarida 36 ming kişi davolanmoqda, ulardan 6,5 ming nafarining ahvoli oğir deb baholangan. 3,3 ming kişi soğayib ketgan. Bundan taşqari, 187,5 ming kişi virus yuqtirganlikka gumon qilinmoqda.

Avvalroq yangi koronavirus qurbonlari soni 2002-2003 yillarda kuzatilgan atipik zotiljam (SARS) vaqtidagidan oşib ketgani ma'lum qilingandi.  

MERS koronavirusi ilk bor 2012 yilda Saudiya Arabistonida qayd qilingan. 2012 sentyabrdan dunyoning 27 davlatida MERS bilan 2494 ta kasallaniş holati qayd etilgan, undan 858 kişi vafot etgan. Joriy yil yanvarida Saudiya Arabistonida MERS bilan oxirgi kasallaniş holati qayd etilgan. 

Xitoy va JSST mutaxassislari SARS ham, MERS ham joriy koronavirusdan xavfliroq ekanini ta'kidlaşmoqda. Çunki SARS’dan öliş darajasi 9,56 foizni, MERS’dan 34,4 foizni, yangi koronavirusdan esa 2,2 foizni taşkil qilmoqda. 

Bu orada JSST boş direktori Tedros Adanom Gebreyyesus taşkilot xodimlarining ilğor guruhi Xitoyga koronavirus bilan kuraşişda kömaklaşiş uçun jönatilganini ma'lum qildi.