AQŞning Kontrrazvedka va xavfsizlik böyiça milliy markazi 2020–2022 yillarga möljallangan strategiyani taqdim etdi. Hujjatda hozirgi vaziyatni mahkama nuqtai nazaridan tavsiflaydigan uçta band keltirilgan.
Birinçi bandda Qöşma Ştatlarga qarşi kayfiyatda bölgan öyinçilar soni ösib borayotgani haqida aytiladi. Bildirilişiça, Rossiya va Xitoy «butun dunyo böylab harakat qilmoqda, AQŞga qarşi milliy kuçlarning barça vositalaridan foydalanmoqda va zamonaviy razvedkaning keng kölamli imkoniyatlariga ega». Boşqa tahdidlar orasida Kuba, Eron, KXDR, «Hizbulloh» harakati, IŞID va «Al-Qoida» terrorçilik taşkilotlari, transmilliy jinoiy va «mafkuraviy asoslangan» taşkilotlar, şuningdek, maxfiy ma'lumot hamda intellektual mulkni öğirlaş bilan şuğullanuvçi xorijiy fuqarolar qayd etilgan.
Bu öyinçilar Qöşma Ştatlarga qarşi razvedka imkoniyatlaridan foydalanmoqda, deyiladi ikkinçi bandda. Ular orasida - biometrik qurilmalar, ilğor kuzatuv uskunalari va şifrlaşning ilğor mexanizmlari. Uçinçi bandga köra, xorijiy razvedka organlari ulardan AQŞ vazirliklari, agentliklari, laboratoriyalari, moliya sektori, sanoat va ilmiy muassasalariga kiriş maqsadida foydalanyapti.
Şu munosabat bilan mahkama kelgusi uç yil içida beşta vazifaga e'tibor qaratmoqçi: muhim infratuzilmani himoya qiliş, asosiy ta'minot zanjirlariga tahdidlar sonini kamaytiriş, Amerika iqtisodiyotining ekspluatatsiyasiga qarşi kuraş, AQŞ demokratiyasini taşqi ta'sirdan himoya qiliş va taşqi razvedka tomonidan kiber hamda texnik operatsiyalarga qarşi kuraş.
Avvalroq, Oq uy 2021 moliya yili uçun budjet loyihasini e'lon qilgandi, unda Rossiya va Xitoy AQŞga çaqiriq bilan çiquvçi raqib davlatlar deb atalgan. Unda aytilişiça, prezident ma'muriyati «AQŞ ittifoqçilarini kuçaytiriş orqali» Rossiya ta'siriga qarşi turiş uçun 700 million dollardan köproq mablağ ajratişni taklif qilmoqda.
Mablağlar ittifoqçilarning hududiy yaxlitligini himoya qiliş, şerik davlatlarning Rossiya harbiy texnikasidan foydalanişni töxtatişga qaratilgan sa'y-harakatlarini qöllab-quvvatlaş, şuningdek, «Rossiya foydalanişga urinayotgan makroiqtisodiy muhitdagi zaif joylarni yöq qiliş - energetika hamda savdoga boğliq». Yana 24 million dollarni «Rossiya tarğiboti va notöğri ma'lumotlariga qarşi kuraşiş uçun» Global hamkorlik markaziga yönaltiriş taklif qilinmoqda.

















