Fanlar akademiyasi Matematika institutida ilmiy daraja beruvçi kengaşga töliq mustaqil vakolatlar beriladi. Bu haqda Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yili”da amalga oşirişga oid davlat dasturi loyihasida aytilgan.

2020 yil 1 aprelga qadar normativ-huquqiy hujjat loyihasi işlab çiqiladi. Loyihada:

Fanlar akademiyasi Matematika institutida ilmiy daraja beruvçi kengaşga töliq mustaqil vakolatlar beriş;

maktab, oliy öquv yurti, ilmiy muassasalar örtasidagi yaqin hamkorlikni birlaştiruvçi yaxlit tizimni şakllantiriş;

maktab öquvçilari uçun matematika fanidan oddiy va tuşunarli tilda yozilgan ommabop darslik va öquv qöllanmalarini yaratiş;

har bir tuman markazida matematika faniga ixtisoslaşgan maktab taşkil qiliş va öqituvçilarga qöşimça ustama haqi tölaşni joriy etiş;

xorijda ötkaziladigan ilmiy tadbirlar va stajirovkalarga har yili 100 nafar olimlarni yuboriş nazarda tutiladi.

Mas'ullar - Innovatsiya vazirligi, Fanlar akademiyasi, Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi.