Vazirlar Mahkamasining 14 fevral kungi 82-sonli «Oliy ta'lim muassasalari rektorlarini lavozimlarga tayinlaş töğrisida»gi qarori bilan Özbekistondagi 11ta oliy ta'lim muassasasida rahbar özgardi.

Hukumat qaroriga muvofiq, Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Baxtiyor Xudayberdiyeviç Daniyarov lavozimdan ozod qilindi. 2010-2017 yillarda Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining birinçi örinbosari bölgan Daniyarov 2017 yilning mayida mazkur institut rektori etib tayinlangandi.

Baxtiyor Daniyarov

Endi uning örniga Bahodir Boypölotoviç Sobirov Navoiy davlat pedagogika institutining yangi rektori sifatida iş boşlagan. U şu vaqtga qadar Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta'limi boşqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş institutiga direktorlik qilib kelayotgandi.

Bahodir Sobirov

Şuningdek, Namangan muhandislik-quriliş instituti rektori Şukurjon Şaripoviç Kenjaboyev lavozimidan ozod etilib, Şaribboy Tölanoviç Ergaşev institutning yangi rektoriga aylandi.

Şukurjon Kenjaboyev

Qarşi muhandislik iqtisodiyot instituti rektori Nazirila Nasimxanoviç Maxmudov lavozimdan ozod qilingan va uning örniga Orifjon Şodiyeviç Bozorov institutning yangi rektori etib tayinlangan.