Xalqaro press-klubning davlat dasturi loyihasining davlat va jamiyat qurilişi tizimini takomillaştiriş, sud-huquq sohasini isloh qiliş, xavfsizlikni, millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglikni ta'minlaş hamda taşqi siyosat sohalaridagi dolzarb tadbirlari mazmun-mohiyatiga bağişlangan sessiyasi bölib ötmoqda.
Unda Oliy Majlisning yuqori va quyi palata, Boş prokuratura, IIV vakillari iştirok etişmoqda.
Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri örinbosari Aziz Ikromovning sözlariga köra, respublikada ayrim içki işlar xodimlarining soni kamayişi mumkin.

Foto: Xalqaro press-klub
“Respublika böylab 3 mingdan ziyod yöl-transport hodisalarini nazorat qiluvçi xodimlar bor. Kelgusida zamonaviy, raqamli texnikalardan foydalaniş evaziga ularning soni kamayadi”, - dedi içki işlar vaziri örinbosari.
Tadbirda Özbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi örinbosari Xolmömin Yodgorov ham iştirok etmoqda. U bugungi kunda sud amaliyotiga heç qanday aralaşuv yöqligini bildirdi.
“Bugun sud amaliyotiga prokuratura, içki işlar va boşqa xavfsizlik xizmatlari tomonidan mutlaqo aralaşuv yöq”, - dedi u.
Şuningdek, Yodgorov Özbekistonda öğrilik va firibgarlik jinoyatlari köpayganini aytdi.
“Statistik ma'lumotlarga qaraganda keyingi vaqtda Özbekistonda öğrilik va firibgarlik jinoyatlari köpaygan. Hatto bu jinoyatlarni öziga kasb qilib olgan şaxslar bor”, - dedi u.

















