Davlat idoralarida iş jadvaliga qat'iy rioya qiliş, dam oliş kunlarida davlat xizmatçilarining dam olişiga tösqinlik qilmaslik, davlat xizmatlarini taşkil etiş hamda inson resurslarini boşqarişda mehnat qonunçiligiga amal qiliş mehnat unumdorligini oşiruvçi asosiy omillardir. Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi direktori örinbosari Nodirjon Maqsumovning bildirişiça, ayni yuqoridagi omillarga e'tiborsizlik sababli xorijiy davlatlar nufuzli oliy ta'lim muassasalarida tahsil olgan özbekistonlik yoşlarning aksariyati hukumatning iş haqidagi taklifini rad etişgan. «Umid» jamğarmasi orqali ta'lim olgan özbekistonliklarning aksari ertalabdan yarim keçagaça işda qoliş ehtimoli bois, davlat idoralarida işlaş takliflarini qabul qilişmagan. 

«Qolaversa, davlat idoralari va taşkilotlarida işlayotgan xizmatçilarning ota-onalaridan ham köplab xatlar keldi. “Mening farzandim davlat xizmatida işlaydi, dam oliş kuniyam, bayram kuniyam, keçasi-kunduzi işlaydi, biz körmaymiz”, degan mazmunda. 

Eng açinarlisi, muntazam ravişda belgilangan vaqtdan qolib işlaş, bayram kunlari, dam oliş kunlari işlaş oilaviy muhitga, işçi soğliğiga salbiy ta'sir körsatib, mehnat layoqatini erta yöqolişiga olib kelişi mumkin. Şunaqa bölyapti ham. U yoki bu rahbarni qidirib qolib, nima bölganiga qiziqsak, bemor bölgani oydinlaşadi. Buning sababi mehnat tartibi bilan boğliq bölib çiqmoqda. Bundan taşqari, asosiy vaqtini işda doimiy ötkaziş xodimlarda ijodiy kayfiyat pasayişiga, ularning iş samaradorligi tuşişiga, şuningdek, taşkilotlarning elektrenergiyasi, internet va boşqa joriy xarajatlari oşişiga ham sabab bölmoqda. Bu budjet mablağlarini anglatadi», - dedi Nodirjon Maqsumov.

Majlisda ma'lum qilinişiça, ötkazilgan tahlillarga binoan işdan söng qolib işlaş natijasida iqtisodiyot va ijtimoiy foydaga nisbatan salbiy oqibatlari bir neça barobar ortiqdir.

«Buyuk Britaniyada ötkazilgan ayrim tadqiqotlarga köra, iş vaqti davomiyligi natijadorlik bilan teskari proporsional ekani aniqlangan. Ya'ni, xodim qança köp işlasa, uning samaradorligi şunçalik tuşib borgan. 

Biz uçun qançalik ğayritabiiy tuyulmasin, quyidagi raqamlar tadqiqotçilar haqligini körsatmoqda. Tadqiqot davomida aniqlanişiça, Norvegiya bir sutkada 6 soatdan kamroq işlaş davomiyligiga ega böla turib, qolgan davlatlarga nisbatan mehnat unumdorligi böyiça 2 baravar mehnat unumdorligiga ega. Davlat taşkilotlarida iş vaqti örtaça 8-9 soat davom etadigan Gretsiya, Rossiya va Koreyada mehnat unumdorligi Norvegiyaga nisbatan 3-4 marta kam. 

Barçamiz bir narsani çuqur anglaşimiz lozim. Bundan buyon iş joyida qançalik köp ötiriş emas, balki natijadorlik asosiy mezon bölişi lozim. Xodimlar iş faoliyatini uning iş joyida qançalik uzoq ötirişi bilan baholaş odat tusiga aylangan.