Muhiddinovga köra, Özbekistonning Rossiyadagi elçixonasi va konsulliklari tomonidan bevosita Rossiyada hamda Özbekistonning özida ham özbekistonliklar orasida taşviqot işlari kuçaytirilgan. Bundan taşqari, Rossiya mutasaddi taşkilotlari tomonidan Rossiyada noqonuniy bölib turgan mehnat muhojirlari ularga murojaat qilgan taqdirda, köpçiligi tilni va qonunçilikni bilmaganligi bois qöpollik, dağallik qilmasdan e'tibor qaratib qöyiş söralgan.
“Sentyabrdan ötgan 3 oy içida Rossiyadagi 50 ming özbekistonlik migratsiya idoralariga bordi va nolegal maqomdan çiqarildi.
Bugungi kunda, Rossiya içki işlar vazirligi keltirgan raqamga köra, 490 mingga yaqin özbekistonlik Rossiyada nolegal muhojir hisoblanadi. Endi ularni noqonuniy muhojirlikdan çiqariş böyiça ham iş olib borilyapti.
Bu safar boşqaça yondaşiladi. 490 ming kişining ism-şarifi, manzili olinib, Özbekistondagi oilalari orqali ularni Rossiya migratsiya xizmatiga borişga tarğib qilamiz. Yuqoridagi 50 ming kişi Rossiyadan deportatsiya, ya'ni çiqarib yuborilmadi, aksinça 5 ming rubl tölab Rossiyada qolişdi. Qolgan 490 ming fuqaroni ham şu tarzda noqonuniy muhojirlik maqomidan çiqarişimiz kerak”, - dedi vazirning birinçi örinbosari.

















