Otabek Hasanov şu kunga qadar agentlikning Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantiriş departamenti mudiri lavozimida işlab kelayotgan edi.

U 1985 yilda Olmaliq şahrida tuğilgan. 2006 yilda Özbekiston Milliy universiteti bakalavriatini, 2008 yilda ÖzMU magistratura bosqiçini, 2013 yilda Davlat boşqaruvi akademiyasini tamomlagan. Siyosiy fanlar böyiça PhD doktori.
Amirtemurxon Musayev esa şu kunga qadar Prezident Administratsiyasida mas'ul lavozimda işlab kelayotgan edi.

U 1967 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. 1992 yilda Toşkent texnika universitetini tamomlagan. 2015 yilda «Sodiq xizmatlari uçun» medali bilan taqdirlangan.
Ma'lumot uçun, Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi direktorining birinçi örinbosari maqomi, mehnatga haq tölaş, tibbiy va transport xizmati körsatiş şaroitlariga köra Özbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatçisining birinçi örinbosariga; direktor örinbosari esa Özbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatçisining örinbosariga tenglaştiriladi.
Ma'lumot uçun, DXRAga davlat fuqarolik xizmati sohasida yagona siyosat amalga oşirilişini ta'minlaş, milliy kadrlar zaxirasini boşqariş, inson resurslarini rivojlantirişning innovatsion usullarini joriy etiş, davlat xizmatçilarining iş beruvçilar oldidagi manfaatlarini himoya qiliş kabi vazifalar yuklatilgan.
















