Mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba milliy miqyosda tibbiy karantin joriy qilindi. Şu bois, barça turdagi taşkilotlar va işçi-xizmatçilarning özaro mehnat munosabatlarida qator savollar paydo böldi. Barça transport aloqalarining töxtatilişi bois, qiş mavsumida xorijdan vatanga qaytgan mehnat muhojirlari mamlakat içkarisidagi işsizlar safini kengaytirdi. Kun.uz muxbiri karantin holatidan kelib çiqqan turli savollar bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanovga murojaat qildi.

Karantin holatiga doir mehnat qonunçiligi

 Karantin çorasi Özbekistonda birinçi marta qöllanilmoqda. Şuning uçun ham juda köplab savollar paydo böldi: bu davlat taşkilotlarida ham, tadbirkorlar tomonidan ham bölyapti. Vazirlikning işonç telefonlariga, saytiga aynan karantin vaqtida mehnat munosabatlarini qanday şakllantiriş böyiça juda ham köplab savollar böldi. Prezidentimiz kasallikning iqtisodiyotga salbiy ta'sirlarini kamaytiriş çora-tadbirlari böyiça farmoni qabul qildi.

Mazkur farmonda mehnat munosabatlarini takomillaştiriş böyiça ham qator yengilliklar va tadbirlarni amalga oşiriş belgilandi.

Respublikadagi maktabgaça ta'lim taşkilotlari, maktablar va oliy ta'lim muassasalarida karantin e'lon qilindi va farzandlarimiz uyda ötirişiga töğri kelmoqda. Kimningdir uyida farzandlarga qarovçisi bor, kimdadir yöq, otasi yoki onasidan biri birga bölişi kerak. Uşbu farmon orqali, mehnat qonunçiligi talablaridan kelib çiqqan holda yana bir imkoniyat berildiki, boğça tarbiyasi yoşida bölgan yoxud umumta'lim örta maktabning 1-4 sinflarida öqiydigan farzandlarning yo otasi, yoki onasi, yo bölmasa, vasiyiga mehnat ta'tili beriladi.

Idora va taşkilotlar tomonidan beriladigan yengilliklarda qaysi xodimlar ustuvorlikka ega?

Har bir idora-taşkilotlar, pensiya yoşidagi keksa işçilar, homilador ayollar, nogironligi bor yoxud işlay oladigan ammo surunkali xastaligi bor xodimlari bölsa, ularga masofadan işlaş yoki qisqa muddatli işlaş imkoniyatlarini yataqdim etişlari zarurligi farmonda belgilab ötildi. Bu ham xodimlarning öz soğliqlarini saqlaşlariga ijobiy ta'sir körsatadi.

Xususiy tadbirkorlik sub'yektlari xodimlariga ta'til bersa, pul tölaydimi?