Bu haqda Automotive News Europe naşri xabar berdi.

Nissan Xitoyning koronavirus tarqaliş öçoği hisoblangan Xubey provinsiyasidagi korxonalardan 800 dan köproq turli detallar – tormoz şlanglaridan tortib konditsioner kontrollyorlarigaça sotib olgan. Xitoy hukumati avtomobillar ehtiyot qismlari işlab çiqaruvçi korxonalar 21 fevraldan işga qaytişini ma'lum qilganiga qaramay, yapon kompaniyasi bu yuz bermasa, zaxiralar tez tugaşidan xavotirlanmoqda.

Yaponiyada kompaniyaning bir neçta modelini 23 fevraldanoq işlab çiqarişni töxtatişga töğri kelişi mumkin. Söngra kompaniyaning Malayziya, AQŞ, Meksika, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Hindiston va Rossiyadagi zavodlari töxtaşi mumkin.

Zamonaviy avtomobil taxminan 30 mingga yaqin qismdan iborat böladi. Şu sababli avtomobilsozlik kompaniyalari va ularning yetkazib beruvçilari hozir Xitoyda yuz berayotgan vaziyat kabi favqulodda holatlar vaqtida ayniqsa himoyasizdir.  

IHS Markit tadqiqot kompaniyasi ma'lumotlariga köra, yangi turdagi koronavirus epidemiyasi avtomobillar işlab çiqarilişi hajmini 1,7 mlnta avtomobilga kamaytirişi mumkin. 

Nissan’da busiz ham muammolar talaygina edi: kompaniya sobiq rahbari Karlos Gon hibsga olingandan keyin inqiroz holatida qolmoqda. Yaqinda kompaniyaning aksiyalari narxi oxirgi 10 yil içida olingan eng past daromadlar haqidagi xabarlar sababli tuşib ketgandi.