Toshkentda quruvchi 81 tup daraxtni kesib tashladi. Qonunbuzarlarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi va qariyb 2 mlrd so‘m undirildi
Toshkent shahri Yakkasaroy tumani hududida qurilish ishlari olib borayotgan kompaniya 81 tup daraxtni kesib tashlagach, qonunbuzarlardan 1 mlrd. 891,3 mln. so‘m miqdorida zarar undirildi. Prokuratura daraxtlarni kesishga ruxsat bergan hokim o‘rinbosari va qurilish kompaniyasi mansabdorlariga jinoiy ish qo‘zg‘atgan.

Foto: Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi
21 fevral kuni Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari Yakkasaroy tumani, Yu.Rajabiy ko‘chasi 66/1, 66/2, 66/3, 66/4 hamda 72-uylar oralig‘ida 81 tup daraxt kesib tashlanganini aniqladi.
«20 fevral kuni mazkur yer maydonida jami 81 dona, jumladan 6 dona «qayrag‘och», 3 dona «zarang», 1 dona «akatsiya», 11 dona «aylantus», 24 dona «shumtol», 10 dona «safora», 3 dona «eman», 9 dona «brussonetiya» (qog‘oz daraxti), 14 dona «tut» daraxtlari kesilgan. Yakkasaroy tuman hokimligi tomonidan jami 70 dona daraxtlarni kesilishi yuzasidan ruxsatnoma berilgan (hujjat sanasi ko‘rsatilmagan). Ruxsatnomada ko‘rsatilmagan daraxtlarning noqonuniy kesilishi natijasida o‘simlik dunyosiga 74,7 mln so‘m miqdorida zarar yetkazilgan», deyilgandi xabarda.

21 fevral kuni mazkur holat bo‘yicha hujjatlar huquqiy baho berish uchun Toshkent prokuraturasiga taqdim etilgan.
22 fevral kuni Toshkent shahri hokimligi shaharda daraxtlar kesilishi holati davlat nazoratiga olingani ma'lum qilindi. Poytaxt hokimligi va Toshkent shahar prokuraturasi hamda barcha aloqador tashkilot, idoralar tarkibida ishchi guruh tuzilgan.
Bugun, 23 fevral kuni Toshkent shahri prokuraturasi o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar undirilgani haqida ma'lumot berdi.
Prokuratura xabarida aytilishicha, «Building And Supplies» MChJ tomonidan unga ajratilgan yer maydonidagi ko‘p yillik 81 tup daraxt qonunga zid ravishda kesilgani oqibatida o‘simlik dunyosiga 630,4 mln so‘m moddiy zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Yakkasaroy tumani hokimligi va «Building And Supplies» MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dov-daraxtlarni kesishga ruxsatnoma bergan Yakkasaroy tumani hokimi o‘rinbosari A.Sattarov jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan, «Building And Supplies» MChJ rahbari A.Qodirovga ayblov e'lon qilingan.
Jinoyat kodeksining 198-moddasi 4-qismiga ko‘ra, yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanmaydi.
Dastlabki tergovda ayblanuvchilar A.Sattarov va A.Qodirovdan 1 mlrd. 891,3 mln. so‘m undirildi.
«Yunus Rajabiy» mahallasi hududida noqonuniy kesilgan dov-daraxtlar yer maydoni tezkorlik bilan tozalanib «Lipa», «Beryoza», «Kashtan» va «Pavloniya» daraxtlari ekilishi tashkil qilindi.


Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yilning 30 oktyabridagi farmoni bilan davlat o‘rmon fondiga kiritilmagan qimmatli daraxt va butalarni kesishga 2020 yil 31 dekabriga qadar moratoriy e'lon qilingan edi. Ushbu davr mobaynida qimmatli daraxt va butalarni kesishga ruxsatnoma berilishi taqiqlangan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishga qarshi – OAV
Jahon | 20:19
-
Isroilning hujumlari – Erondagi hokimiyatning mavjudligiga tahdidmi?
Jahon | 19:45
-
«ChatGPTʼdan diniy savollarga javob olish joiz emas» – O‘zbekiston musulmonlari idorasi
O‘zbekiston | 19:23
-
Sirdaryoda ikki bolani urib yuborgan haydovchiga sud hukmi o‘qildi
Jamiyat | 18:44
Mavzuga oid

10:24 / 01.05.2025
Toshkentda yong‘in oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu oxirgi haftadagi uchinchi yirik yong‘in

23:57 / 17.03.2025
Akmal Shukurov Qozog‘istonda ushlandi

13:46 / 17.03.2025
Toshkentda tanishini himoya qilishga uringan shaxs kuchli zarbadan so‘ng komaga tushib qoldi

19:57 / 17.02.2025