Masalan, Nodira Norqulova Kun.uz tahririyatiga Isroilning Tel-Aviv şahriga Samarqanddan haftasiga ikki-uç marta aviareys oçilganda ham özini oqlaşi, köplab samarqandliklar Toşkent orqali uçişga majbur bölayotgani haqda murojaat qildi. 

Ikkinçi tomondan, Isroildan ham keluvçilar soni kun sayin oşib bormoqda. Statistik ma'lumotlarga köra, ötgan yilning özida Isroildan Özbekistonga keluvçi sayyohlar 59 foizga oşgan. Tabiiyki, Samarqand turistik yönalişlarning eng asosiylaridan biri.

Umuman, gap faqat Tel-Avivga reys haqida ham emas, dunyoning qator davlatlariga aviayönalişlar oçiş vaqti allaqaçon kelgani bor gap. Misol uçun, Samarqand — Pusan, Samarqand — Seul, Samarqand — Duşanbe kabi yönalişlarga talab yuqoriligi haqda qator yillardan buyon aytib kelinadi.

Nafaqat Toşkent, balki Qozoğistonning Çimkent aeroportida ham qator şaharlarga otlangan yölovçilar orasida samarqandliklar oz emas.

Bu masalaning faqat yurtdoşlarimizga noqulaylik keltirayotgan tomoni. Yana bir muammo şundaki bu holat turizm rivojiga ham jiddiy tösiq bölib turibdi.

Samarqand viloyat turizmni rivojlantiriş departamentida bölganimizda aynan yangi yönalişlar masalasida qator turfirmalar ham bir neça marta murojaat qilganini ma'lum qilişdi.

Aytaylik, xorijiy davlatlardan Fransiya aholisining Samarqanddagi turistik maskanlarga qiziqiş juda yuqori. Şuningdek, Yaponiya va boşqa davlatlardan ham talab kam emas. Viloyat turizmni rivojlantiriş departamenti bu kabi murojaatlarni Turizmni rivojlantirişga davlat qömitasiga, qömita esa transport vazirligiga yuboradi. Biroq...

Muammo şundaki, ayni vaqtda Samarqand xalqaro aeroportining imkoniyatlari Samarqandning salohiyatiga mos emas.

2018 yildayoq mutaxassislar yangi aerovokzal binosi, yölovçilar yuklarini saralovçi tizim, maxsus texnikalar, uçiş va qöniş yölaklarini ta'mirlaş va boşqa tadbirlarni amalga oşiriş şartligini ma'lum qilgan edi. Bugungi holat şuki, mazkur aeroportda bir soatda köpi bilan faqat 500 kişiga xizmat körsatiş imkoni bor, xolos. Bir vaqtning özida bitta, nari borsa ikkita reysga xizmat körsata oliş mumkin.

Samarqand xalqaro aeroporti matbuot xizmatiga köra, bugungi kunda aeroport orqali bir haftada 38ta reys amalga oşiriladi. Aerovokzal binosi rostdan ham ta'mirtalab bölgani uçun bugungi kunda vaqtinçalik aerovokzal yölovçilarga xizmat körsatib turibdi. Bir yil içida barça talablarga javob beradigan yangi aerovokzal quriladi.