Bugun, 12 fevral kuni, transport va aviatsiya sohasi rasmiylari iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi. Anjumanda joriy yilda respublika aeroportlarida joriy qilinişi kutilayotgan özgarişlar xususida ma’lumot berildi.
Transport vaziri Elyor Ğaniyevning ma’lum qilişiça, Andijon va Buxoro viloyatidagi aeroportlarda oçiq osmon rejimi yölga qöyiladi. Buxoro aeroportida yölovçi taşuvlari böyiça beşinçi darajali havo erkinligi uçun çeklovlar bekor qilinadi.
Qayd etilişiça, yil yakuniga qadar Toşkent xalqaro aeroporti rekonstruksiya qilinişi natijasida yölovçi taşiş hajmi 4 mln.dan 7 mln.ga yetkaziladi.
“Barça aeroportlarda texnik xizmat va yoqilği quyiş maqsadida qöngan reyslar uçun tarif setkasini bir xil holga keltiriş böyiça işlar olib borilmoqda. Jahon banki mutaxassislari bilan hamkorlikda aviatsiya strategiyasi ham işlab çiqilyapti”, − deydi Elyor Ğaniyev.
Transport vaziriga köra, Samarqand xalqaro aeroportida yangi yölovçi terminali va uçiş-qöniş yölagi quriladi. Buning natijasida aeroportning yölovçi ötkaziş qobiliyati soatiga 500 nafardan 1500 nafarga yetkaziladi. Termiz aeroportida ham yangi uçiş-qöniş yölagi quriladi.
Uzbekistan Airports AJ raisi Ravşan Ismoilovning qayd etişiça, bahor oylaridan boşlab Özbekistonga 110ta yangi reys yölga qöyiladi.
“Bu ham sayyohlarni jalb qiliş imkonini beradi, ham öz fuqarolarimiz uçun qulaylik yaratadi, çiptalar narxi pasayadi. Aviaqatnovlar qança köp bölsa, çiptalar şunça arzonlaşadi”, − deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ma’lum qilinişiça, joriy yil yakuniga qadar Özbekistonga reyslar sonini 5000taga köpaytiriş rejalaştirilgan.

















