Eron qöşnilar uçun xavf manbaiga aylandi. Hukumat koronavirus böyiça ma'lumotlarni yaşirmoqdami?
|02:30 / 25.02.202050 2568 min
24 fevral kuni Osiyoning yana beş mamlakati - Afğoniston, Bahrayn, Kuvayt, Ummon va Iroqda COVID-19 koronavirusidan zararlanişning ilk holatlari qayd etildi. Bu davlatlardagi holatlar Eronda virus tarqalişi avj olişi bilan boğliq. Eron virus qurbonlari soni böyiça Xitoydan keyingi ikkinçi örinni band etmoqda.
Foto: AFPFoto: AFP
Eron koronavirus tarqalişining yana bir öçoğiga aylangan. Afğoniston, Bahrayn, Ummon va Kuvaytda rasmiylar şu kunlarda Eronning Qum şahrida bölib qaytgan fuqarolarida yangi tipdagi koronavirus aniqlangani haqida ma'lumot bergan.
Iroq soğliqni saqlaş vazirligi esa mamlakat janubidagi Najaf şahrida bir keksa eronlikda hamda bir iroqlik talabada koronavirus aniqlangani haqida ma'lumot berdi.
Ozarboyjonda ikki kişi koronavirus yuqtirgani gumonlangan holda şifoxonaga yotqizilgan. Ulardan biri Eron fuqarosi, ikkinçisi yaqinda Erondan kelgan ozarboyjonlikdir. Ular bilan aloqada bölgan fuqarolarning ham harorati ölçanmoqda.
Ma'lumot oliş qiyin bölgan uşbu mamlakatda koronavirus qaçon tarqalgani ham ma'lum emas.
Qurbonlar soni köp bölişi mumkin
24 fevral kuni Eronning yarim rasmiy ILNA axborot agentligi Qum şahrida şu oyda yangi koronavirus keltirib çiqargan xastalikdan kamida 50 kişi nobud bölgani, virusdan zararlanişning ilk holati rasmiy ma'lumotlarda aytilayotganidek 19 fevralda emas, uç hafta muqaddam qayd etilgani, ölim holatlari esa 13 fevral kunidan boşlangani haqida xabar tarqatdi.
Naşr bu ma'lumotga manba sifatida Qum şahridan bölgan deputat Ahmad Amirobodiy Farahoniyning sözlarini keltirgan. U Qumda kamida 250 kişi karantinda saqlanayotganini qöşimça qilgan.
Eron rasmiylarining sönggi ma'lumotlarida esa virusdan zararlanişning 64 holati va 12ta ölim holati keltirilmoqda. Şuningdek, 900ga yaqin kişi koronavirus yuqtirgani taxmini böyiça tekşiruvdan ötkazilmoqda.
Eron soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Iraj Harirçi qumlik deputatning sözlarini inkor etdi va agar u aytgan ma'lumotning yarmi ham tasdiqlansa, iste'foga çiqişga va'da berdi.
Mavzuga oid
«Men bu ma'lumotni qat'iyan rad etaman. Hozir siyosiy qutblaşiş vaqti emas. Koronavirus - milliy muammo. 50 qurbon haqida aytdingiz, siz qurbonlarni nomma-nom sanang-çi. 50 kişi haqida gapirmoqdasiz, ammo men töğridan-töğri aytaman, agar Qumda virusdan halok bölganlar soni şuning yarmiça bölsa ham men iste'foga çiqaman», degan u televideniye orqali jonli efirga berilgan matbuot anjumani vaqtida.
Hukumat rasmiylaridan yana biri Ali Rabiy Covid-19 koronavirusi bilan boğliq rasmiy raqamlar şaffofligi haqida aytib ötdi.
«Men vazir örinbosariga 40 kişining (virus oqibatida halok bölgan) röyxatini berdim. Endi uning iste'fosini kutmoqdaman», degan u.
Mamlakat soğliqni saqlaş vazirligi ma'lumotiga köra, infeksiya öçoği şialar uçun muqaddas hisoblangan Qum şahri bölib, bu yerda qayd etilgan bemorlar soni 34 kişi. Tehronda ham öndan ortiq kişidan virus aniqlangan.
Hukumat ehtiyot çorasi sifatida bir qator viloyatlarda maktablar, universitetlar va boşqa öquv muassasalarini yopgan, şuningdek, madaniy tadbirlar bekor qilingan.
Eron parlamenti boş kotibi mamlakat soğliqni saqlaş vaziri Said Namakiyga asoslanib xabar qilişiça, Eronda virus tarqalişiga mamlakat hududiga Pokiston, Afğoniston va Xitoydan noqonuniy ravişda kirib kelişlar sabab bölgan.
Yakşanba kuni soğliqni saqlaş vaziri televideniyedagi çiqişida Qumda virus oqibatida vafot etganlardan biri doimiy ravişda Xitoyga qatnab kelgan savdogar edi.
U mamlakat fuqarolarini vaqtinçalikka Qumga bormay turişga çaqirmoqda.
Tehrondan 120 kilometr janubda joylaşgan Qum şahri mintaqadagi şialar uçun diniy ta'lim markazi sifatida maşhur hisoblanadi.
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy mamlakat qurolli kuçlari koronavirusga qarşi kuraşga jalb etilişi, Islom respublikasi bu xavfni minimal yöqotişlar bilan yengib ötişga harakat qilişini ma'lum qildi.
«Jamoatçilikning salomatligi uçun hamma davlat organlari, qurolli kuçlari, jamoat taşkilotlari barça zarur çoralarni köradi. Biz imkon qadar kamroq yöqotişlar bilan eng qisqa fursatda kasallik ustidan nazorat örnatişni maqsad qilganmiz», dedi u.
Boşqa mamlakatlar qanday çoralar körmoqda?
JSST koronavirus tarqalişini pandemiya sifatida tan olişi mumkin / EPA
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti boş direktori Tedros Adxanom Gebreysus Erondagi vaziyatdan xavotirlarini bildirdi.
«Biz Eron, Italiya va Koreya Respublikasida virus tarqalişi tezlik bilan davom etayotganidan juda taşvişdamiz», dedi u Stokholmdagi matbuot anjumani vaqtida.
Virus bilan kasallangan eronlik sayohatçilar Kanada, Livan, Birlaşgan Arab Amirliklari va Bahraynda ham aniqlangan.
Şusiz ham AQŞ bilan munosabatlari tufayli diplomatik va iqtisodiy jihatdan izolyatsiya qilingan Eronni yanada qiyin davrlar kutmoqda. Çunki köplab davlatlar eronliklar uçun öz çegaralarini yopmoqda.
Tarqalayotgan sönggi xabarlar ortidan 23 fevral kuni mintaqadagi davlatlar Eron bilan çegaralarni yopişga va aviaqatnovlarni töxtatişga kirişdi. Jumladan, Turkiya Erondan keluvçi samolyotlar uçun havo hududini yopdi, lekin turk samolyotlari Eronga uçişda davom etadi. Armaniston ham xuddi şunday çoralar qölladi - Eron bilan çegaralar ikki hafta muddatga yopilgan, bu davlat bilan aviaaloqa töxtatilgan.
Eronning şarq tomondagi qöşnilari Pokiston va Afğoniston ham çegaralarni yopib qöydi. Gruziya Eron bilan aviaaloqani çeklagan, Gruziya aviakompaniyalari mamlakat hududida bölib turgan eronlik sayyohlarni vataniga qaytarişga tayyor.
24 fevral kungi xabarlardan keyin esa Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Iroq va Bahrayn Eron hududidan kirib kelişda çeklovlar örnatdi.
Kuvayt Erondan 750ga yaqin fuqarosini evakuatsiya qilmoqda va Eron kelişuvga zid ravişda öz tibbiyot xodimlari tomonidan sayohatçilarni çiqiş terminalida tekşirişni man etganidan söng, ular mamlakatga kirişda tahlildan ötişmoqda.
Tojikiston aviakompaniyalariga ham 25 fevraldan Eron bilan aviaaloqani töxtatiş böyiça körsatma berilgan.
Özbekiston ham Afğoniston bilan çegarasini koronavirus sabab yopişi mumkinligi töğrisida xabarlar tarqalgan.
Sönggi ma'lumotlar
Ötgan yil dekabr oyi oxirida ilk marta Xitoyda aniqlangan va butun mamlakatni qamrab olgan koronavirus sönggi kunlarda Janubiy Koreya, Italiya va Eronda yangi öçoqlar hosil qilgani - virusning global tarqalişida yangi bosqiç boşlanganini anglatişi mumkin.
Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining sönggi ma'lumotlariga köra, koronavirus yuqtirganlar soni 79 mingga yaqinni taşkil qilmoqda, qurbonlar soni 2600dan oşib ketdi. Xitoydan taşqari jahonning 30dan ortiq davlatida jami 1200ta virusdan zararlaniş holati aniqlangan va 20ta ölim holati qayd etilgan.
Bi-bi-sining tibbiy korrespondenti Fergus Uolş soğliqni saqlaş sohasidagi ekspertlar koronavirus epidemiyasi global pandemiya darajasiga ötişining oldini olişga keç bölgan bölişi mumkinligidan xavotirlanişmoqda.