Özbekiston Respublikasida keng kölamli quriliş işlari olib borilişi munosabati bilan pardozlaş işlari hajmi ortib bormoqda. Turar-joy binolari, jamoat va sanoat binolarini qurişda pardozlovçi materiallar sifatida tabiiy pardozbop toşlardan qayta işlangan plitalar, me'moriy mahsulotlar keng qöllanib kelinmoqda. 

Tabiiy toş maşhur va izlanadigan quriliş materiallari toifasiga kiradi. Mahsulotning ekologik tozaligi, uzoq xizmat qiliş muddati, tabiiy tuziliş, turli xil şakllar va ranglar uni keng kölamda quriliş, obodonlaştiriş, yölak va yöl çetlari, yöl va platformalarni yotqizişda işlatiş imkonini beradi.

Şuningdek bugungi kunda tabiiy pardozbop toş mahsulotlaridan binolarni bezatiş uçun turli xil fasad tizimlarida faol foydalanilmoqda. 

Hozirgi kunda 101 ta tabiiy pardozbop toş (marmar, granit, gabbro va h.k.) konlari davlat zaxirasiga kiritilgan (umumiy zaxirasi – 118,7 mln m3) bölib, şundan 51 ta kondan yoki 43%dan (50,9 mln m3) foydalanilib kelinmoqda.

2018 yilda tabiiy pardozbop toş konlaridan jami 209,0 mln m3 marmar, granit, gabbro va boşqalar qazib olingan. Bu 2017 yilga (131,5 mln m3) nisbatan 37 % ga ortganligini körsatadi.

E'tiborlisi, 2019 yilda 1,0 mln dollarlik 2,5 ming tonna tabiiy va pardozbop toşlar eksport qilingan.

2018 yilda tabiiy pardozbop toşlarni qayta işlaşga ixtisoslaşgan 155 ta korxona tomonidan 4,5 mln m2 dan ortiq marmar, granit, gabbro va boşqalardan plitalar, me'moriy mahsulotlar (yöl va yölak bordyurlari, arxitekturaviy mahsulotlar va boşqalar) işlab çiqarilgan bölsa, bugungi kunda «Özsanoatqurilişmateriallari» uyuşmasi va viloyatlar hokimliklari tomonidan amalga oşirilgan yirik investitsiya loyihalarning işga tuşirilişi natijasida respublika hududida tabiiy pardozbop toşlarni qayta işlaşga ixtisoslaşgan 200 dan ortiq korxonalar faoliyat yuritmoqda.

Yana bir ma'lumot, uşbu yönalişda işlab çiqarişni hajmi va sifatini yanada oşiriş maqsadida şu kungaça tabiiy pardozbop toşlarni (marmar, granit, gabbro va boşqalar) qazib oliş hamda geologiya qidiruv işlari olib boriş uçun tadbirkorlarga 118 ta litsenziyalar berilgan.