2020 yilning 25 fevral kuni taxminan soat 10:10larda Xöjaobod tumanida avtomobillarga gaz quyiş şoxobçasida 32 yoşli Ş.O.ning boşqaruvidagi Nexia rusumli avtomaşinasida portlaş yuz bergani xabar qilingandi.
Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentiga köra, portlaş natijasida şoxobça işçisi A.K. jarohatlangan bölib unga tibbiy yordam körsatilgan, boşqa heç kim jarohatlanmagan. Şuningdek, portlaşda 6 ta avtomaşina turli darajada şikastlangan.


Tekşiruv jarayonida aniqlanişiça, gaz quyayotgan uşbu avtomaşinaga örnatilgan 100 litr hajmdagi 2012 yilda işlab çiqarilgan gaz ballonida portlaş yuzaga kelgan. Şuningdek, gaz uskunasi avtomaşinaga 2018 yilda örnatilgan, uning seriya raqamlari gaz uskunasini qayd etiş hujjatlariga mos kelmasligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Xöjaobod tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

















