Din işlari böyiça qömita umra vizasi vaqtinça töxtatilgani haqida ma'lum qildi.

Qömita matbuot xizmat xabarida aytilişiça, Saudiya Arabistoni podşohligi Haj va umra vazirligi 2020 yil 27 fevral kunidan e'tiboran, dunyoning barça mamlakatlari uçun «Umra» vizasi taqdim etişni vaqtinça töxtatdi.

Uşbu çora koronavirusga qarşi kuraş doirasida amalga oşirilmoqda.

Din işlari böyiça qömitaning bildirişiça, Saudiya hukumatining uşbu masala böyiça rasmiy qarori va bayonoti bugun e'lon qilinişi kutilmoqda.

Avvalroq, Saudiya Arabistoni ziyoratçilarning mamlakatga kirişini vaqtinçalik taqiqlagani xabar berilgandi.

Podşohlikning Taşqi işlar vazirligi bayonotida aytilişiça, Saudiya Arabistoni rasmiylari Makka şahrida Umra amalini bajariş va Madinada Nabaviy Masjidni ziyorat qiliş uçun keladigan fuqarolarning mamlakatga kirişini vaqtinça töxtatib qöydi.

«Umra amalini bajariş va Nabaviy Masjidni ziyorat qiliş uçun podşohlikka kiriş vaqtinça töxtatildi», - deya xabar berdi vazirlik Twitter’da.