Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda koronavirus sababli 8 mart sanasiga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumot berishicha, hozirga qadar mamlakatda koronavirusga chalinish holati qayd etilmagan.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev dunyoda koronavirus tarqalishi sababli xavfsizlik maqsadida 8 martga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish va konsert tadbiri o‘tkazilishini bekor qilishga qaror qildi.
"Nursultonda Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish va konsert o‘tkazilishini bekor qilishga qaror qildim. Bu butun dunyoda koronavirus tarqalayotganligi sababli xavfsizlik maqsadlarida qilinmoqda. Aziz ayollarimizga baxt, sog‘liq va farovonlik tilayman", - deb yozdi u Twitter sahifasida.
Avvalroq Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Mamin tashqi ishlar vazirligiga mamlakatda o‘tkazilishi rejalashtirilgan yirik xalqaro tadbirlarni boshqa kunga ko‘chirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishni topshirgandi.
Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumot berishicha, hozirga qadar mamlakatda koronavirusga chalinish holati qayd etilmagan.
JSST ma'lumotlariga ko‘ra, jami 68 mamlakatda 89143ta yangi virus holati qayd etilgan (Xitoyda 80 026 holat).
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025