Bugun, 2 mart kuni Toşkent şahar hokimligi Matbuot xizmatining yangi iş boşlagan rahbari — matbuot kotibi, hokimning axborot siyosati masalalari böyiça maslahatçisi Furqat Mahmudxöjayev jurnalistlar va jamoatçilik vakillari bilan uçraşdi.

Ma'lumot uçun: Furqat Mahmudxöjayev 1965 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. 1989 yil Toşkent davlat texnika universiteti tugatgan. 2018 yildan Toşkent şahar Mahallalar kengaşi boşqaruvi raisi bölib işlagan.

Özaro tanişuv va maslahatlaşuv şaklida bölgan bu uçraşuvda muxbirlar özlarini qiynyotgan muammolar yuzasida takliflar berdilar. Jumladan, ma'lumot oliş tezkorligini ta'minlaş uçun xat beriş tizimidan voz keçiş, har 15 kunda brifinglar uyuştirib turiş, maxsus platformalar taşkil etiş, norasmiy muhitdagi uçraşuvlar taşkil etib, muhokamali mavzular yuzasidan bahsu-munozaralar uyuştiriş masalasi örtaga taşlandi.

Furqat Mahmudxöjayev ommani qiziqtirayotgan savollarga tezkorlikda javob beriş bilan birga aniqlik zarurligini ta'kidladi.

“Bu vazifa juda oğirligini, köpçilikning diqqat markazida, tanqidlar ostida bölişimni his qilib turibman. Lekin poytaxt hokimligi faoliyati şaffofligini ta'minlaş uçun jamoamiz bilan barça harakatni qilamiz” – dedi F. Mahmudxöjayev.