Xalq deputatlari Toşkent şahar kengaşining 69-sessiyasida şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev çiqiş qilib, hokimlik qoşidagi Jamoatçilik kengaşi faoliyati böyiça taklif berdi.
“Özingizga ma’lum, poytaxtimiz aholisi va mehmonlari uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş, aholi turmuş darajasi sifatini yanada oşiriş – asosiy maqsadimiz. Lekin sönggi vaqtlarda aholimiz manfaati uçun qilayotgan xayrli işlarimizni keng jamoatçilikka öz vaqtida va töliq yetkazib bera olmayotganimiz sabab, turli e’tiroz va ba’zi paytda noxolis tanqidlarga uçrayapmiz.
Şu örinda yana bir narsaga alohida töxtalmoqçiman, amalga oşirilayotgan işlar va loyihalar kölami qançalik keng, katta bölmasin, jamoatçilikning fikri, maslahati va kerak bölsa ba’zi örinlarda tanqidisiz kutilgan ijobiy natijaga erişişning iloji yöq.
Şu sababli biz jamoatçilik bilan yaqindan va oçiq işlaş, aholining faol qismini şahrimizda olib borilayotgan islohotlarga kengroq jalb etiş maqsadida Toşkent şahar hokimligi qoşidagi Jamoatçilik kengaşi işini siz deputatlarimiz bilan bamaslahat qayta körib çiqişga qaror qildik.
Endilikda Jamoatçilik kengaşi fuqarolarimizga olib borilayotgan islohotlar va loyihalarni töliq, şaffof yetkazib bera oladigan vakolat va tizimga ega tuzilma böladi.
Şuningdek, Jamoatçilik kengaşining yangi tarkibi şakllantirildi. Alohida ta’kidlab ötmoqçiman, yangi Jamoatçilik kengaşi işida ekspert sifatida xohlagan fuqaro iştirok etişi mumkin”, – dedi hokim.
Ortiqxöjayev kengaş raisi lavozimiga Toşkent şahar Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş boşqarmasi boşliği Furqat Mahmudxöjayev nomzodini taklif qildi. U avvalroq şahar hokimining birinçi örinbosari ham bölgan.
“Furqat akani ortiqça taniştirib ötiriş menimça şart emas, davlat va jamoat taşkilotlarida uzoq yillar davomida mas’ul vazifalarni bajarib kelgan. Qolaversa, Toşkent şahrining taraqqiyoti va taqdiriga doimo jon kuydiradigan fidoyi, vatanparvar insonlaridan biri.
Men keng jamoatçilikka, OAV vakillarini, jurnalist va blogerlarni, xususan, şahrimizdagi özgarişlar, poytaxtimizning flora va faunasiga befarq bölmagan Nikita Makarenko, Aleksandra Ivanyujyenko, Saodat Abduzakirova, Abu Ali Niyozmatov kabi faol hamşaharlarimizni Jamoatçilik kengaşi a’zoligiga taklif qilaman.
















