Tadbirda gender siyosatini yuritişda ilğor xorij tajribasi asosida ayollarni zörlik işlatişdan himoya qiliş böyiça taklif va tavsiyalar muhokama qilindi.
Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi Toşkent şahar boş boşqarmasi boşliği Furqat Mahmudxöjayev mahallalarda nuroniylar bilan birgalikda iş olib boriş kerakligi haqida öz takliflarini bildirdi.
“Tomoşabin pozitsiyasida bölib qarab turganimiz uçun bugun ayollarga nisbatan şunday holatlar yuz beryapti. Zöravonlikka uçraganda ularga yordam qölini çözadigan, boşpana beradigan insonlar ham yöq emas. Lekin eng oxirgi nuqtaga kelganda aralaşişimiz biroz notöğri. Xuddi ajrimda sudga bergandan keyin ularni yaraştiriş deyarli imkonsizday. Buning yeçimi bitta – erkaklarni tarbiyalaş kerak. Aytiş qançalik oğir bölmasin, buni tan oliş kerak”, – dedi u.
Boşqarma boşliği mahalla raislari zöravonlikka uçrab, köçaga haydalgan ayollarni uyiga qaytarib kiritişni yeçim deb qabul qilişlarini tanqid qildi.
“Ba'zida ayolni öşa uyga kiritib qöyiş uni olib çiqib ketişdan ham xavfli bölib qoladi. Mahallalarda ajrimlar körsatkiçini köpaytirmaslik uçun şunday qilinadi. Bunday vaziyatda ayolni xavfsiz joyga olib çiqib ketiş kerak böladi. Lekin ularni joylaştiriş ham bitta muammo. Reabilitatsiya markazlarida joy topiladi, lekin ularning ham imkoniyati çeklangan. Balki böş qolgan uylarni şunday ayollar uçun ixtisoslaştiriş haqida hokimliklar öylab körişi kerakdir”, – ta'kidladi Furqat Mahmudxöjayev.
Mahmudxöjayevga köra, mahallalarda yoşi katta, nuroniy insonlarning şunday holatlardagi iştiroki katta ahamiyatga ega.
















