«Tergov davomida «AVTO OLTMISH OY» MÇJ ta'sisçisi va boşqa mansabdorlari fuqarolarga foizsiz, pulini 5 yil davomida bölib-bölib tölaş şarti bilan avtotransport olib berişni va'da qilib, odamlardan transport vositasi turiga qarab 2 mln. sömdan 10 mln. sömgaça pul olgan, biroq zimmalaridagi majburiyatni töliq bajarişmagan.

Tergov davomida 18818 nafar mijoz jamiyatga 57 milliard 412 million söm tölov qilgani aniqlandi.

Şundan mijozlarga avtomaşina sotib olib beriş uçun «Qibray avto-moto servis» MÇJga 24 milliard 6 million söm köçirib berilgan, bu pulga 96 nafar mijozga transport vositasi yetkazib berilgan xolos. Qolganlarga esa avtomaşina olib beriş yuzasidan majburiyatini bajariş uçun hisob raqamida yetarli pul mablağlari mavjud bölmagan.

Mijozlarga yetkazib berilgan 96ta avtomobil ham odamlar jamiyat hisobiga tölagan pullar hisobiga olingan. Ertaga jabrlanuvçilarga yetkazilgan zararni qoplaş maqsadida bu avtotransport vositasini xatlovdan ötkazilsa, uşbu avtomobil egalari ham jabrlanuvçiga aylanib qoladi. Çunki u avtomaşinaning faqat boşlanğiç tölovinigina tölagan», – dedi IIV huzuridagi Tergov departamenti bölim boşliği Azizbek Dolixöjayev.

Azizbek Dolixöjayev.

Ma'lum qilinişiça, jinoyat işi 2019 yilning 12 oktyabrida Jinoyat kodeksining 188-moddasi 1-qismi bilan qözğatilgan, bunga UzAutoMotors AJning IIVga uşbu MÇJning fuqarolarga foizsiz, pulini 5 yil (60 oy) muddatga bölib tölaş şarti bilan şubhali faoliyat körsatayotganini bildirib yöllagan murojaati yuzasidan tergovga qadar suriştiruv vaqtida aniqlangan holatlar asos bölgan.

«Jabrlanuvçilarga yetkazilgan umumiy zararning undirilgan qismi 34 milliard 148 million söm bölib, şundan naqd pul şaklidagisi 26 milliard söm, xatlangan mol-mulklar esa 8 milliard 148 million sömdan iborat.

Hozirda 28ta turli rusumdagi umumiy bahosi 2,1 milliard sömga teng bölgan transport vositalarini xatlaş çoralari körilmoqda.

MÇJ rahbari va uning şeriklari özlarining jinoiy faoliyatlari davomida bir qator MÇJlarni taşkil qilgan. Mazkur moliyaviy sub'yektlar ustav jamğarmasini mijozlar tomonidan topşirilgan pul mablağlari evaziga şakllantirganliklari tufayli uşbu jamiyatlarga nisbatan ham jinoyat işlari qözğatilgan va yagona iş yurituvga birlaştirilgan», deydi Azizbek Dolixöjayev.