2 mart kuni Interpol milliy markaziy byurosida ötkazilgan matbuot anjumanida Tergov departamenti bölim boşliği Aziz Dolixöjayev «Avto oltmish oy» MJÇ faoliyati böyiça qöşimça ma'lumotlar berdi.

«Jinoyat-protsessual kodeksi talablaridan kelib çiqadigan bölsak, dastlabki tergov muddati 3 oy etib belgilangan. Uşbu muddat tegişli prokuror tomonida 5 oygaça, Boş prokuror va uning örinbosarlari tomonidan esa 7 oygaça uzaytirilişi mumkin.

«Avto oltmish oy» MÇJ mansabdorlariga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi böyiça dastlabki tergov uçun belgilangan muddat 5 oygaça uzaytirilgan. 12 mart kuni uşbu muddat yakuniga yetadi. Lekin jabrlanuvçilarning hammasi söroq qilinmagani, barça holatlarga oydinlik kiritilmagani sababli tergov jarayoni yana birmunça vaqt oladi.

Sababi jabrlanuvçilarning soni juda köp, ular respublikaning turli hududlarida yaşaydi. Jinoyat işi böyiça Tergov departamenti va uning quyi tizimdagi xodimlaridan iborat tergov guruhi taşkil etilgan bölib, hozirda respublikaning barça hududlarida tergov harakatlari olib borilyapti va departament tomonidan jamlanib kelinmoqda.

Hozirgaça mazkur jinoyat işi böyiça qariyb 17 ming nafar fuqaro söroq qilindi. Jabrlanuvçilar töliq söroq qilinib, zarar miqdori aniqlangandan keyingina tergov yakunlanadi va iş sudga oşiriladi», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Tergov departamenti boşliği örinbosari – Jinoyatlarni tergov qiliş boşqarmasi boşliği Oybek Qulbekovning qöşimça qilişiça, ayni paytda tergov muddatini 7 oy, ya'ni 2020 yil 12 mayga qadar uzaytiriş çorasi körilmoqda.

SNC2165bYj0IjuddeZ4nhhYpbto6dM4M.jpg (1000×650)
Oybek Qulbekov

«Qonun bilan dastlabki tergov muddati 7 oygaça uzaytiriş mumkinligi körsatilgan. Undan ortiq uzaytiriş imkoniyati yöq. Lekin bu jinoyat işini 7 oygaça çözib tergov qilamiz degani emas. Çunki jabrlanuvçilarni qiziqtirayotgan eng birinçi masala – «Avto oltmish oy» MÇJga tölov qilingan pullarni imkon qadar tezroq qaytarib oliş. Şuning uçun bor imkoniyatlarimizni işga solganmiz.

Bizga boğliq bölmagan bitta omil şuki, ayrim fuqarolarimiz tergovga kelişdan boş tortişmoqda. Ular bilan lozim bölgan tergov harakatlarini ötkazsak, jinoyat işi böyiça qilinişi kerak bölgan boşqa texnik işlarni yakunlab olsak, qisqa muddatlarda uşbu jinoyat işi böyiça tergovni yakunlab, qaror bilan tegişli sudlov organiga oşiramiz», deydi u.