Farmonda xususan, qonun ustuvorligini ta'minlaş va sud-huquq tizimini yanada isloh qiliş sohasida quyidagilarni amalga oşiriş belgilangan:

2020 yil 1 maydan boşlab sud hukmlari, qarorlari, ajrimlari yoki hal qiluv qarorlari qonuniy kuçga kirgan işlarni prokuror tomonidan tomonlarning (prokurordan taşqari) murojaati mavjud bölgandagina suddan talab qilib oliş tartibi amaliyotga joriy etiladi;

2020 yil 1 apreldan boşlab 1995 yilgaça Özbekistonga kelgan va şundan buyon fuqaroligi bölmagan şaxs guvohnomasi asosida doimiy istiqomat qilayotgan hamda Özbekiston Respublikasi fuqarosi böliş istagini bildirgan şaxslarni Özbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan oliş tartibi joriy etiladi;

2020 yil 1 noyabrga qadar odil sudlovga erişiş imkoniyatlarini kengaytiriş maqsadida apellyatsiya va kassatsiya instansiyalari isloh qilinib, nazorat tartibida iş yuritiş instituti bekor qilinadi;

2020 yil 1 iyunga qadar tadbirkorlik sohasidagi ijtimoiy xavfi katta bölmagan jinoyat turlari dekriminalizatsiya qilinsin, şuningdek, bojxona sohasidagi qonun hujjatlarini buziş jinoyatini birinçi marta sodir etgan, tovar uçun tölovni ixtiyoriy ravişda tölagan va bojxona rasmiylaştiruvini amalga oşirgan şaxslarni jinoiy javobgarlikdan ozod qiliş tartibi joriy etiladi;

2020 yil 1 dekabrdan boşlab ma'muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körib çiqiş vakolati jinoyat işlari böyiça sudlar vakolatiga ötkaziladi;

2020 yil 1 dekabrdan huquqbuzarliklarni sodir etgan şaxs tomonidan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks tegişli moddasi sanksiyasida nazarda tutilgan jarimani sud va vakolatli idoralarda iş körilgunga qadar ixtiyoriy tölaşni rağbatlantiriş tizimi joriy etiladi.