«Qanotlilar» 4ta ğalabagaça bölgan pley-off bahslarida «Toros»ga 2:3 hisobida yutqazayotgan va albatta ğalaba qozonişlari şart edi.

Bellaşuvning 3ta bölimidan söng 1:1 hisobi qayd etildi. Natijada 20 daqiqadan iborat qöşimça vaqtlar belgilandi. Ularning ikkinçisida «Humo» hujumçisi Kazakov hal qiluvçi şaybani darvozaga kiritib, jamoasiga ğalaba keltirdi.

Xokkeyçilar muzda umumiy hisobda 84 daqiqa harakat qilişdi. Natijada bu Toşkentdagi eng uzoq davom etgan xokkey öyini böldi. Qayd qiliş joizki, muxlislar 3,5 soat davomida qiziqarli bellaşuv guvohi bölişdi.

Endi jamoalar hal qiluvçi 7-öyinni Neftekamsk şahrida 7 mart kuni ötkazişadi. Ğolib OXL pley-off bosqiçining çorakfinaliga yöl oladi.

OXL
Pley off bosqiçi
1/8 final, 6-öyin
4 mart, Toşkent, «Humo arena»
HUMO (Toşkent, Özbekiston) – TOROS (Neftekamsk, Rossiya) 2:1 (1:0, 0:0, 0:1, 0:0, 1:0)
Gollar: 
16:24 – 1:0 Yatsenko (Merejko, Valuyskiy)
56:19 – 1:1 Gareyev (Amirov, Dubrovskiy)
84:14 – 2:1 Kazakov 
Umumiy hisob: 3:3