Vazirlar Mahkamasining muhokama uçun e'lon qilingan qarori loyihasiga köra, davlat iştirokidagi korxonalarda ijroiya organi faoliyati samaradorligining muhim körsatkiçlarini (KPI - Key Performance Indicators) joriy etiş va uning monitoringini yuritiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlanadi.

Davlat aktivlarini boşqariş agentligi davlat va xöjalik boşqaruvi organlari bilan birgalikda ustav kapitalida (fondida) davlat uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan korxonalarda, şuningdek, ularga ustav kapitalining (fondining) 50 foizi va undan ortiği tegişli bölgan korxonalarning tegişli boşqaruv organlari yiğilişlarida ijroiya organi faoliyati samaradorligining muhim körsatkiçlarini joriy etiş masalasi körib çiqilişini ta'minlaydi hamda uning bajarilişi yuzasidan tizimli monitoringni amalga oşiradi.

Belgilanişiça:

davlat iştirokidagi korxonalarda keyingi yil uçun biznes-reja va unga ilova sifatida samaradorlikning muhim körsatkiçlari vakolatli boşqaruv organi tomonidan har yili 1 dekabrgaça tasdiqlanadi hamda har çorak yakuni böyiça uning bajarilişi töğrisida ijroiya organining hisoboti eşitib boriladi;

davlat iştirokidagi korxonalarda ijroiya organi rahbarlari va a'zolarini rağbatlantiriş ularning faoliyati samaradorligi muhim körsatkiçlari bajarilişiga töğridan-töğri boğliq böladi;

davlat iştirokidagi korxonalarda ijroiya organi faoliyati samaradorligi natijalari Agentlik rasmiy veb-saytida joylaştirilmaganda yoki ularning faoliyati qoniqarsiz yoxud past darajada deb e'tirof etilgan taqdirda rağbatlantirişga yöl qöyilmaydi;

davlat iştirokidagi korxonalar, şu jumladan tijorat banklari ijroiya organining yil yakunlari böyiça faoliyat samaradorligi yuqori baholangan taqdirda ularga olingan sof foydaning 5 foizigaça miqdorida örnatilgan tartibda bir yöla tölanadigan bonus berilişi mumkin.

Bunda, tölangan bonus miqdori töğrisidagi axborot, tölov amalga oşirilgan sanadan ikki kunlik muddatda davlat iştirokidagi korxonalar veb-saytiga joylaştiriladi.

Moliya vazirligi maxsus texnik topşiriq asosida yetakçi xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda davlat iştirokidagi tijorat banklari boşqaruv organlari samaradorligining muhim körsatkiçlari (KPI) işlab çiqilişini ta'minlaydi.

Agentlik: