Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Özbekiston Respublikasi “Xususiy bandlik agentliklari töğrisida”gi Qonuniga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi Qonun loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.
Loyihaga köra amaldagi qonunning 13-moddasi (Xususiy bandlik agentliklarining Özbekiston Respublikasidan taşqaridagi işni qidirayotgan şaxslarni işga joylaştiriş böyiça xizmatlari) ikkinçi qismi çet elda işni qidirayotgan şaxslarni işga joylaştiriş böyiça körsatilgan xizmatlar uçun tölovlarni iş beruvçi yoki buyurtmaçi hisobidan amalga oşiriş tartibini nazarda tutuvçi yangi xatboşi bilan töldirilmoqda.
Şuningdek, kiritilişi kutilayotgan normaga köra Özbekiston Respublikasidan taşqaridagi işni qidirayotgan şaxslarni işga joylaştiriş böyiça körsatilgan xizmatlar uçun tölovlar undiriş taqiqlanadi.
Bundan taşqari, xususiy bandlik agentliklarining Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oşiruvçi fuqarolarni qöllab-quvvatlaş hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş jamğarmasida şakllantiradigan zaxira mablağlari miqdori ellik ming AQŞ dollaridan bazaviy hisoblaş miqdorining sakkiz ming beş yuz baravariga almaştirilmoqda.
Qonunning 14-moddasiga kiritilayotgan qöşimçaga köra xususiy bandlik agentliklari işga joylaştiriş sohasida axborot va maslahat xizmatlari körsatganlik uçun mijozlardan bazaviy hisoblaş miqdorining ikki baravaridan oşmagan miqdorda haq oliş mumkin böladi.
Qonunning 15-moddasi yangi qismi bilan töldiriladi va Xususiy bandlik agentligi tomonidan xizmatlar körsatiş töğrisidagi şartnoma Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “labor-migration” dasturiy majmuasida real vaqt rejimida röyxatdan ötkaziladigan böladi. Röyxatdan ötmagan şartnoma haqiqiy emas deb topilişiga sabab böladi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga yana bir vakolat taqdim etilmoqda. Unga köra vazirlik xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini tekşirişlarni muvofiqlaştiriş böyiça vakolatli organni keyinçalik xabardor qilgan holda (moliya-xöjalik faoliyatiga aralaşmasdan) tekşiriş vakolatiga ega böladi.
Tekşirişlar jarayonida vazirlikning vakolatli vakillari xususiy bandlik agentliklarining hududlari va binolariga moneliksiz kiriş, hujjatlar bilan tanişib çiqiş, ulardan köçirma nusxalar hamda mas'ul xodimlardan faoliyatga doir masalalar böyiça oğzaki va yozma tuşuntirişlar oliş huquqiga ega böladi.

















