Xalqaro prinsip va ilğor tajribalar asosida auditorlik faoliyatini tartibga solişning samarali taşkiliy-huquqiy mexanizmini yaratiş, auditorlik faoliyatini litsenziyalaş böyiça davlat xizmatlari körsatiş tartibini soddalaştiriş va auditorlik faoliyatini amalga oşiriş uçun qoğoz şakldagi litsenziya berişni bekor qiliş qonun loyihasining asosiy maqsadi hisoblanişi qayd etildi.
Deputatlar mana şu masalalardan kelib çiqib, uşbu hujjatni sinçiklab körib çiqdilar. Qonun loyihasi eskirgan, havolaki me'yorlarni qayta körib çiqiş va töğridan-töğri amal qiladigan yangi normalarni joriy qilişga yönaltirilgan.
Ta'kidlanganidek, yurtimizda 2019 yilning 1 aprel holatiga 98 ta auditorlik taşkilotlari faoliyat körsatmoqda. Auditorlar soni esa, 584 kişini taşkil qiladi. 17 ta mahalliy auditorlik taşkilotlari yirik xalqaro tarmoq va assotsiatsiyalarning a'zolari hisoblanadi. Mamlakatimizda katta törtlik (Big-4) xalqaro auditorlik kompaniyalarining şö'ba jamiyatlari (“Ernst &Young”, “Price Waterhouse Coopers”, “Deloitte and Touche”, “KRMG”) faoliyat olib bormoqda.
2020 yil 1 yanvardan e'tiboran auditorlik taşkilotlari auditorlik faoliyatini faqat Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi tomonidan naşr etiladigan auditning xalqaro standartlari asosida amalga oşirişi, majburiy auditorlik tekşiruvlarini ötkazuvçi auditorlik taşkilotlari işi sifatining taşqi nazorati natijalari Moliya vazirligining veb-saytida e'lon qilinişi, aktivlarning balans qiymati, tuşumlar hajmi va xodimlar soniga qarab, tijorat taşkilotlari ham har yili majburiy auditorlik tekşiruvidan ötişi lozim.
Qonun loyihasida taklif qilinayotgan özgartiriş va qöşimçalar auditni tartibga soliş sohasidagi sinovdan ötgan xalqaro amaliyot prinsiplariga asoslangan.
Mazkur qonun loyihasining qabul qilinişi auditorlik faoliyatini tartibga soliş, auditning xalqaro standartlari asosida mustaqil audit ötkaziş amaliyotini tatbiq etiş, auditorlik taşkilotlarining xizmatlari sifati va raqobatbardoşligini oşirişda muhim huquqiy asos böladi.
Qonun loyihasining ayrim normalari deputatlarning jiddiy tanqidlariga sabab böldi. Loyihani qömitaga qaytariş takliflari ham bildirildi. Uşbu loyihaga mas'ul bölgan qömita bildirilgan taklif va tavsiyalar qonun loyihasini maromiga yetkaziş jarayonida öz aksini topişini aytib ötdi.
Muhokamalardan söng qonun loyihasi deputatlar tomonidan konseptual jihatdan ma'qullandi.

















