Yangi koronavirusning dunyo böylab tarqalişi pandemiya tusini oldi, deb ma'lum qildi Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti boş direktori Tedros Adxanom Gebreyyesus.

«Yaqin kunlar va haftalarda kasallik yuqtiriş, ölim holatlari va koronavirus qayd etilgan mamlakatlar soni oşişini kutmoqdamiz... Biz Covid-19 pandemiya deb baholanişi mumkin degan xulosaga keldik.

Biz avval heç qaçon koronavirus tufayli pandemiya röy berişiga duç kelmaganmiz. Şuningdek, nazorat qiliş mumkin bölgan pandemiyaga ham.  [...] 114 davlatda qayd etilgan 118 mingdan ortiq holatning 90 foizdan ortiği faqat tört davlatda, ulardan ikkisida, Xitoy va Janubiy Koreyada kasallanganlar soni sezilarli darajada kamaymoqda», degan u.

JSST rahbarining qayd etişiça, Covid-19 tarqalişiga yangi nom berilişi koronavirusga qarşi kuraş olib borayotgan davlatlarga berilgan tavsiyalarni özgartirmaydi.

«Vaziyat pandemiya deb atalişi JSSTning uşbu koronavirus tufayli mavjud tahdidni baholaş mezonlarini özgartirmaydi. Bu JSST qilayotgan işlarga ham, boşqa davlatlar qilişi kerak bölgan işlarga ham ta'sir körsatmaydi», deyiladi taşkilot bayonotida.

Şu vaqtga qadar JSST Covid-19 tarqalişini faqat epidemiya sifatida baholab kelayotgandi.

JSST atamaşunosligiga köra, bir kasallik kutilmaganda ma'lum bir mamlakat yoki mintaqada keng tarqalişi epidemiya deb ataladi. 2010 yildan JSST yuqumli kasallikning butun dunyo böylab tarqalişini pandemiya deb hisoblay boşlagan.

Sönggi ma'lumotlar

Ayni vaqtda kasallik barça qit'alarga tarqalgan. 110dan ortiq mamlakatda jami 112 289 kişida virus aniqlangan. Epidemiya boşlanganidan buyon 4389 kişi virus qurboni bölgan, 67 009 kişi soğayib ketgan.

Virusdan eng köp zarar körgan davlat virus tarqalişni boşlagan Xitoy bölib turibdi - 80 790 kasallaniş holati va 3158 ölim holati.