Qayd etilişiça, hozirgi vaqtda kasallanişning ikkita holati aniqlangan.

«Afsuski, qayta tekşirilgan bugungi ma'lumot şundan dalolat bermoqdaki, koronavirus testi natijasi ijobiy bölgan. Bu Germaniyadan kelgan bemorlarda topildi», - deya aytib ötdi mamlakat soğliqni saqlaş vaziri.

Bildirilişiça, uşbu fuqarolar Olmaotadagi yuqumli kasalliklar statsionarida izolyatsiya qilingan.

Qozoğiston OAV xabarlarida aytilişiça, koronavirus bilan kasallangan fuqarolardan biri 9 mart kuni mamlakatga kelgan. Ikkinçisi - 12 martda. 

«Yana 73 yölovçi bölgan, röyxatlar mavjud. Ular kuzatuv ostida qolmoqda. Biz ularni izolyatsiyaga oliş böyiça harakatlarni boşlayapmiz, ya'ni qidirib topiş va karantinga joylaştiriş. Ular kasal emas, ammo 14 kun davomida karantinda qoladi», - dedi Birtanov.

Ta'kidlanişiça, ikkinçi bortdagi odamlar, jumladan ekipaj a'zolari, yangi qaror amal qilgani tufayli, darhol karantinga joylaştirilgan. Ular mamlakat hududiga qönganidan beri butunlay izolyatsiyada ekani aytiladi.

Qozoğiston hududida koronavirusga çalingan şaxslar bilan aloqada bölganlarni qidirib topiş çora-tadbirlari körilmoqda.

Avvalroq koronavirus 16 martgaça Qozoğistonda paydo bölişi prognoz qilingandi.

Sönggi ma'lumotlarga köra, koronavirus infeksiyasi dunyo böylab jami 135 073 kişida aniqlangan, ulardan 70 405 nafari soğayib ketgan, 4990 kişi vafot etgan.

Jons Hopkins universiteti ma'lumotlariga köra, virus tarqalişining eng yirik öçoği Xitoy bölib qolmoqda (81 mingga yaqin zararlaniş holati, 3177 ölim, 64 mingdan ortiq kişi soğaygan. Italiya (15113 holat, 1016 ölim), Eron (10 075 holat, 429 ölim), Janubiy Koreya (7979 holat, 71 ölim) davlatlarida ham vaziyat oğirligiça qolmoqda.

Bundan taşqari, Ispaniya (3248 holat, 87 ölim), Fransiya (2876 holat, 61 ölim), Germaniya (2750 holat, 6 ölim) va AQŞ (1762 holat, 41 ölim) davlatlarida ham bemorlar soni tez sur'atlarda ortib bormoqda.