Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev «Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga qöşimça kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasi yuzasidan öz fikrlarini bildirdi.
«Soğliqni saqlaş vazirligining turli epidemiyalar fonida yolğon xabarlardan fuqarolarni himoya qiliş maqsadida işlab çiqqan qonun loyihasi senzurani kuçaytirişga yöl oçib berişi mumkin», - deb yozdi u Telegram’dagi kanalida.
Deputatning fikriça, Soğliqni saqlaş vazirligi axborot sohasiga taalluqli qonun loyihalari işlab çiqişdan köra tibbiyot sohasidagi muammolarni bartaraf qiliş böyiça işlaşi kerak.
«Töğrisi, Soğliqni saqlaş vazirligi axborot sohasidan köra tibbiyot sohasida tiqilib yotgan muammolarni bartaraf qiliş böyiça qonun loyiha işlab çiqsa bir oz mantiqliroq bölarmidi. Yana bilmadim», - deya xulosa qildi Rasul Kuşerbayev.
Avvalroq, yolğon ma'lumotlar tarqatganlik uçun jarima joriy etilişi mumkin ekani xabar berilgandi.

















