Temir yo‘llarda sodir etilayotgan jinoyatlar: Samarqandda bu ko‘rsatkich 57 foizga kamaygan
Samarqand viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ bilan hamkorlikda haftaning chorshanba kunlari «Temir yo‘llarda xavfsiz kun» va har payshanba huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni o‘tkazib kelmoqda.
Mazkur tadbirlarida temir yo‘l yoqasida istiqomat qilayotgan aholi vakillari tomonidan xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishi, jumladan, bino va inshootlarning noestetik ko‘rinishini barataraf etish, maishiy chiqindilar tashlash, tan jarohatlari olish, baxsiz xodisalar, o‘z joniga qasd qilish, vagon oynalariga tosh otib sindirish, temir yo‘l signalizatsiya va aloqa vositalariga shikast yetkazish, temir yo‘lga begona jism qo‘yish, temir yo‘llarda tashilayotgan tovar-moddiy boyliklarning talon-toroj qilinishi kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik haqida tarqatma materiallar, suhbatlar, hujjatli filmlar namoyish etish yo‘li bilan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Joriy yilning shu kuniga qadar jinoyatchilikning barvaqt oldini olish maqsadida temir yo‘l atrofidagi hududlarda 133 marotaba profilaktik uchrashuvlar o‘tkazildi. Shundan korxona-tashkilotlarda 34 marotaba, ta'lim muassasalarida 51 marotaba, mahallalarda 48 marotabani tashkil qilgan. «Bugungi kun tahdidi», «Tafakkur ehtiyoji», «Xalq mulkiga tosh otganlar», «Ko‘rnamak», «Giyohvandlik — asr vabosi», «Mehr operatsiyasi» nomli hujjatli filmlar namoyish etildi.
«Samarqand viloyatidan o‘tgan 305,6 km uzunlikda temir yo‘l Bulung‘ur, Jomboy, Samarqand, Past Darg‘om, Nurobod, Paxtachi, Narpay, Kattaqo‘rg‘on tumanlari va Samarqand, Kattaqo‘rg‘on shaharlari hududlaridan o‘tgan.
Mazkur hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida hududiy IIBlari, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ va «Uzbekistan airways» MAKning hududiy bo‘limlari hamda Samarqand transport prokuraturasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar samarasi o‘laroq, 2020 yilning o‘tgan dastlabki 2 oyi davomida sodir etilgan 9 ta (2019 yilning shu davrida 19 ta) jinoyat sodir etilganligi aniqlandi. Umumiy jinoyatchilikning 56,6 foizga kamayishiga erishildi», — deydi Samarqand viloyati IIB Transportda XTB XPG katta inspektori kapitan Abror Jo‘rayev.
«Afrosiyob» elektropoyezdi va boshqa yo‘lovchi va yuk poyezdlari harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida rus tili va lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek tilida «Temir yo‘lda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish bo‘yicha eslatma» flayerlari ishlab chiqilib, temir yo‘l atrofidagi 1150 ta xonadonlarga, shuningdek, korxona-tashkilotlar, ta'lim muassasalariga tarqatildi.
Mavzuga oid
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
11:24 / 06.11.2024