Ma'lumki, 16 martdan boşlab Özbekistondagi barça boğçalar, maktablar va oliy ta'lim muassasalari koronavirus tarqalişiga qarşi profilaktika maqsadida karantinga yopiladi.
Şu munosabat bilan tahririyatga aynan maktabgaça ta'lim muassasalarining karantinga yopilişi sabab, korxona, muassasa va taşkilotlarda işlovçi boğça yoşidagi bolalari bor ota-onalarning bolaga qaraş uçun işga bora olmasligiga oid savollar kelib tuşmoqda.
Darhaqiqat, boğçalarning vaqtinça işlamasligi bolalarga uy şaroitida qarovni taşkil etişni talab qiladi. Bunday vaziyatda boğçaga boruvçi bolalarning qarovçilari qanday yöl tutmoği lozim?
Adliya vazirligida 2015 yil 17 aprel kuni 2667-son bilan röyxatga olingan Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini beriş tartibi töğrisidagi yöriqnomaning 37-bandida maktabgaça ta'lim muassasasida yoki olti yoşga tölmagan bolaga örnatilgan karantin davrida bolaga qaraş uçun ota-onasidan biriga yoki oilaning boşqa a'zosiga sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan karantin belgilangan, lekin ön tört kalendar kunidan oşmagan muddatga mehnatga layoqatsizlik varaqasi berilişi nazarda tutilgan.
Mazkur yöriqnoma talabiga köra, karantinda mehnatga layoqatsizlik varaqasi Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi yoki Qoraqalpoğiston Respublikasi soğliqni saqlaş vazirligi va soğliqni saqlaş boşqarmalarining ruxsati asosida epidemiolog yoki sanitar vraç tomonidan berilişi mumkin.


















