Koronavirus infeksiyasi tarqalişining oldini oliş maqsadida Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov boşçiligida yiğilişi ötkazilib, bir qator qat'iy çoralar belgilandi. Barça davlat ta'lim muassasalari faoliyati töxtatildi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi respublikadagi barça nodavlat ta'lim taşkilotlarining öquvçi, talaba va örganuvçilariga ta'til berişni tavsiya qildi.

Avvalroq, barça OTM, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida 16 martdan e'tiboran öqiş töxtatilib, öquvçi-talabalar ikki hafta muddatga (hozirça) ta'tilga çiqarilişi xabar berildi.

Şuningdek, 16 martdan Özbekistondagi barça umumta'lim maktablari öquvçilari uçun ta'til e'lon qilindi.