Barcha OTMlar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida 16 martdan e'tiboran o‘qish to‘xtatilib, o‘quvchi-talabalar ikki hafta muddatga (hozircha) ta'tilga chiqariladi.
Toshkent shahrida joylashgan OTMlar talabalari turar joylari (TTJ)dan talabalar doimiy yashash joylariga yuboriladi.
Boshqa viloyatlardan kelib, Toshkent shahrida tahsil olayotgan o‘quvchi-talabalar avtobus, poyezd va samolyotlarda doimiy yashash joylariga qaytishi uchun quyidagi manzillarda imtiyozli chiptalar sotilishi yo‘lga qo‘yiladi:
- O‘zMU
- vazirlik huzuridagi «Ma'naviyat va ma'rifat» markazi
- O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
- Toshkent tibbiyot akademiyasi TTJ va o‘quv binosi
- Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash instituti TTJ
- Toshkent davlat pedagogik universiteti TTJ.
Toshkentdan uyga qaytuvchi talabalar uchun chegirma beriladi
OTMlarda mavjud modullar professor-o‘qituvchilar tomonidan tegishli kontent bilan to‘ldiriladi va ta'lim masofaviy shaklda amalga oshiriladi.
Vazirlikda, OTMlarda (prorektorlar, fakultet dekanlari, murabbiylardan iborat) shtablar tuziladi va talabalarning ta'tilga chiqishi bilan bog‘liq tashkiliy ishlar muvofiqlashtirib boriladi.
Ta'limning sirtqi shaklida tahsil olayotgan talabalar hamda malaka oshirish kurslariga jalb qilingan o‘qituvchilar uchun ta'lim onlayn shaklda tashkil qilinadi.
Har qanday ommaviy tadbirlar (konferensiyalar, Navro‘z bayrami va b.) o‘tkazish taqiqlanadi,










