Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma'lumotlariga köra, koronavirusdan ölim darajasi örtaça 4 foiz atrofida. Ammo bu raqamni Covid-19'dan ölim topiş ehtimoli sifatida tuşunmaslik kerak. Xitoylik ekspertlar xulosasiga köra, 80 yoşdan oşgan odamlar orasida ölim darajasi 14,8 foiz, 10dan 39 yoşgaça bölganlar orasida esa 0,4 foizni taşkil etgan.

  • Sönggi ma'lumotlarga köra, koronavirus pandemiyasi jahonning 150dan ortiq mamlakatini qamrab oldi. 17 mart holatiga köra, butun dunyoda 183 mingdan ortiq bemor qayd etilgan, ularning 79 mingdan ortiği tuzalib ketgan, 7175 kişi vafot etgan. Ölimlarning asosiy qismi Xitoy (3226), Italiya (2158) va Eron (853) hissasiga töğri kelmoqda.

Bundan taşqari, mutaxassislarning ta'kidlaşiça, virusni yuqtirib olganlarning aksariyati kasallikni yengil şaklda ötkazib, şifoxonaga murojaat qilmaydi va qayd etilmaydi. 

Şu sababli yuqtirganlar va ölim nisbati bir neça baravar kam bölişi mumkin. Masalan, Britaniya hukumati mutaxassislari yangi koronavirusdan ölim darajasi örtaça 1 foizni taşkil qilişini taxmin qilişgan. 

Ammo keksa odamlar uçun xavf baribir yuqori. Xöş, keksa odamlar va ularning qarindoşlari qanday çoralarni körişlari kerak?

Niqoblar va öz-özini davolaşmi? Yöq! 

«Avvalo, vahimaga tuşmang, vaziyatga nisbatan xotirjam munosabatda böling. Nimalar tavsiya qilinadi? Masalan, biz virusga qarşi dori qabul qiliş kabi çoralarni köramiz. Biz bunday çoralarni har yili qabul qilamiz. Keyin, agar biror narsa röy bersa, niqoblardan foydalanamiz. Ammo hayot hozirça heç qanday özgarişsiz», deydi moskvalik keksa yoşli Yekaterina Bi-bi-sining rus xizmatiga.

U bolalar maydonçasi yaqinida turib, boşqa bolalar bilan öynayotgan va tepaga kötarilişga harakat qilayotgan, keyin esa yugurib kelib uning qölini uşlab turgan kiçkina bolaga qaraydi.

U ta'kidlagan har ikkala çora-tadbirning samaradorligiga mutaxassislar juda jiddiy şubha bilan qaraşmoqda. 

Rossiyada odatda umifenovir faol moddasini öz içiga olgan dorilar virusga qarşi preparatlar deb ataladi. Ularga «Arbidol» va uning muqobillari kirişi mumkin — bu dori koronavirusni davolaş böyiça Xitoy hukumatining rasmiy tavsiyalarida paydo bölgan.