Inkubatsiya davridan keyin (14-28 kun) xavotir soxta yoki örinliligi aniq böladi va şunga qarab inson yo kasalxonaga joylaştiriladi yoki odatiy hayot tarziga qaytadi.
Masalan, Britaniyada jarayon quyidagiça: Milliy soğliqni saqlaş xizmatining (NHS) işonç raqamiga qönğiroq qilib, qayerdan kelingani va alomatlar (agar ular allaqaçon mavjud bölsa) haqida aytib beriş kerak. Şundan söng, ehtimoliy bemor va uning qarindoşlaridan uydan çiqmaslik va keyingi körsatmalar tuşuntiriladigan qönğiroqni kutiş söraladi.
Özbekistonda 16 martdan joriy qilingan koronavirus karantini vaqtida fuqarolar savollariga javob beriş uçun yagona koll-markaz — 1003 raqami işga tuşdi.
Uşbu maqola muallifi Avstriyaning Italiya şimoli bilan çegaradoş hududida bölib qaytganidan söng (oila a'zolari bilan birgalikda) uç kunni uy izolyatsiyasida ötkazdi. NHS’ga qönğiroq qilişga sabab - özini yomon his qilgan vaqti Avstriyaning aynan öşa tumanida koronavirusning ilk holatlari qayd etilgani haqida xabarlar tarqalgani böladi.
Karantin paytida biror ortiqça noqulaylik sezmadik, ammo bizning karantinimiz yana bir neça kunga çözilganda, taşqaridan yordam oliş zaruriyati tuğilardi.
Bu kabi vaziyatda nima qiliş kerak? Uy karantiniga qanday tayyorgarlik köriş kerak?
Nima sotib oliş zarur?

Odatda, kasallikdan şubha qiladigan odam uyda yetarliça non va hojatxona qoğozi bor yoki yöqligi haqida deyarli öylamaydi. Ammo şifokorlar tomonidan telefonda qat'iy ravişda «uyda karantin saqlang» tavsiyasi yangraşi bilan, bu narsalar birinçi öringa kötariladi, çunki bu soniyadan boşlab (agar siz ongli fuqaro bölsangiz) dökonga taşrif buyuriş siz uçun imkonsiz böladi.
Qarindoşlaringiz yoki döstlaringizdan siz uçun oziq-ovqat va uy-rözğor buyumlarini olib kelib, ularni eşigingiz tagida qoldirişlarini sörang.
Parhezga doir maxsus körsatmalar yöq, hamma narsani yeyiş mumkin. Immunitetni mustahkamlovçi mahsulotlar birinçi navbatda zarur.




















