Yuqumli kasalliklar profilaktikasi maqsadida antivirus dorilarini va antibiotiklarni içiş umuman tavsiya etilmaydi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov ma'lum qildi.
«Yuqumli kasalliklardan (bakteriyali, virusli) profilaktika qiliş uçun antibiotik va antivirusli vositalarni qabul qiliş umuman tavsiya etilmaydi.
Immun tizimini kötaradigan dorilar ham mumkin emas, ular virusga qarşi heç qanday ta'sir kuçiga ega emas. Şuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda uksusli suv, sarimsoq piyozli retseptlar tarğib qilinyapti.
Kasallik quruq yötal klinik belgisiga ega. Oğiz böşliğininig qurişi bilan keçadi. Oğiz böşliğini höl holatda saqlasak, oğiz böşliğidan virusning içkariga kirişiga yöl qöyilmaydi. Oğiz va burunni tez-tez çayiş kerak. Oşqozonga tuşsa, kislotada nobud böladi. Oğizni çayadigan suvga uksus qöşiş oğiz böşliği battar yalliğlanişi, virus kiradigan joy paydo bölişi mumkin.
Sarimsoq piyozni iste'mol qiliş mumkin. Lekin bir jihatga e'tibor beriş kerak. Sarimsoq piyoz bir vaqtning özida ham antibakterial, ham antivirus preparat emas. Şunday ekan sarimsoq piyozni boşqa kökatlar bilan aralaştirgan holda iste'mol qiliş mumkin. Bir kunda 5 boş sarimsoqpiyoz yesang, kasal bölmaysan, degan gaplar tibbiy asoslanmagan.
Ijtimoiy tarmoqlardagi notöğri, asoslanmagan va öz tasdiğini topmagan nomutaxassislar tomonidan bildirilgan ma'lumotlarga işonmaslik kerak», degan u koronavirusdan himoyalaniş maqsadida immunitetni kötaruvçi dori vositalarini qabul qiliş qançalik naf berişi töğrisidagi savolga javoban.
Faktlarni tekşiramiz: Sarimsoqpiyoz yoki issiq vanna koronavirusdan himoya qila oladimi?

















