Qozoğiston prezidenti huzuridagi favqulodda holat rejimini ta'minlaş böyiça davlat komissiyasi Nur-Sulton va Olmaota şaharlarida 19 martdan karantin rejimini joriy etdi. Bu haqda mamlakat hukumati matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga köra, 19 martdan kiritiladigan çoralarda karantin joriy etilişi va keng miqyosdagi sanitar-epidemiologik tadbirlar ötkazilişi, karantin hududi örnatilişi va undan çiqiş/kiriş punktlari belgilanişi, odamlarning harakatlanişini çeklaş közda tutilgan.
Qozoğistonda duşanbadan boşlab aholi hayoti va salomatligini muhofaza qiliş maqsadida favqulodda holat rejimi joriy etildi. Ayni vaqtga kelib respublikada koronavirusga çaliniş bilan boğliq 32ta holat aniqlangan bölib, 17tasi Nur-Sultonda , 15tasi Olmaotada qayd etilgan.
Avvalroq Olmaota şahrida koronavirus epidemiyasi böyiça vaziyat yaxşi bölmagan davlatlardan kelgan 488 kişi Milliy xavfsizlik qömitasi (MXQ) va politsiya tomonidan qidirilayotgani xabar qilingandi.


















