Birinçidan, aholi va yuridik şaxslarning vakillari tomonidan bank bölinmalariga bevosita taşrif buyurgan holda joriy tölovlarni amalga oşiriş holatlarini kamaytiriş maqsadida barça şaxslardan tölovlarni amalga oşirişda imkon qadar bankning masofaviy xizmat körsatiş usullaridan, jumladan, internet-banking, banklarning mobil ilovalaridan hamda tölov taşkilotlari dasturlaridan keng foydalaniş söraladi.

Şuningdek, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) tavsiyalariga köra, tölovlarni amalga oşirişda naqd pullardan foydalaniş virus tarqalişiga olib keluvçi kanallardan biri bölişi mumkin.

Şu bois bank kartalaridan yoki muqobil elektron tölov turlaridan foydalaniş tavsiya etiladi. Bunda tölovlarning kontaksiz amalga oşirilişi yanada xavfsiz hisoblanadi.

Ikkinçidan, aholiga valuta-ayirboşlaş operatsiyalarini amalga oşirişda qulay şart-şaroit yaratiş maqsadida tijorat banklari tomonidan tegişli bank infratuzilmalari yaratilgan. Xususan, respublika hududida qariyb 700 ta avtomatlaştirilgan valuta ayirboşlaş bankomati örnatilgan. Tez orada ularning sonini 1000 tadan oşiriş rejalaştirilgan. Şuningdek, masofadan turib valuta ayirboşlaş imkonini beruvçi mobil ilovalar faoliyati yölga qöyilgan.

Fuqarolar banklarga bevosita murojaat qilmasdan mobil ilovalar orqali masofadan turib yoki avtomatlaştirilgan valuta ayirboşlaş bankomatlari yordamida valuta ayirboşlaş operatsiyalarini kun-u tun rejimida amalga oşiriş imkoniyati mavjud.

2020 yilning 18 martidan boşlab tijorat banklarining valuta ayirboşlaş şoxobçalari odatiy iş vaqti rejimida, ya'ni soat 18:00gaça faoliyat yuritişi ta'minlanadi. Iş vaqtidan taşqari, şu jumladan, dam oliş va bayram kunlari avtomatlaştirilgan bankomatlar va mobil ilovalardan foydalangan holda valuta ayirboşlaş operatsiyalarini amalga oşiriş mumkin.

Bank xizmatlarini amalga oşiriş böyiça savollar yuzasidan bevosita tijorat banklarining yoki Markaziy bankning +998712000044 raqamli «Işonç telefoni»ga murojaat etiş mumkin.