Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ham kontaksiz tölov usullarini keng joriy qilişga undamoqda. Ötgan hafta «Koronavirus pul orqali yuqişi mumkinmi?» degan savolga Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti matbuot kotibi «Iloji boriça kontaksiz tölov usullaridan köproq foydalanilgani yaxşi», deb javob berdi. Uning bu gapi OAVda katta aks-sado berdi. Şundan keyin «Qoğoz pullar orqali virus yuqişi mumkinmi?», «Endi naqd pulsiz savdo qiliş zamoni keldimi?» degan savollar örtaga çiqdi.

Buning ortidan ba'zi davlatlar allaqaçon banknotalarga nisbatan ehtiyot çoralarini körişni boşlab yubordi.

Xususan, Xitoy davlat bankining sobiq raisi Lixui Li Xitoy milliy valutasi – yuanning raqamli muqobili sifatida tanilgan «Elektron valuta» DCEP (Digital Currency Electronic Payment) naqd pulning örniga qöllanişini ta'kidladi. Şuningdek, Xitoy ma'murlari barça moliya institutlariga barça kelib tuşgan tölovlarni zararsizlantiriş, keyin esa bir hafta davomida quruq joyda saqlaş böyiça körsatmalar yubordi. Markaziy bank banknotlarga ultrabinafşa nurlari bilan işlov beradi yoki ularni maxsus peçlarga joylaştiradi. Bundan taşqari, yangi banknotalar bosib çiqariladi va eskirgan pullar muomaladan çiqariladi.

GETTY IMAGES

Janubiy Koreya va Vengriya rasmiylari banklardan keladigan banknotalarni maxsus peçlarga joylaştiradilar, pullar 150 darajaga qadar haroratda bir neça soniya uşlab turiladi. Keyin harorat 42 darajaga tuşiriladi. Pullar yiğilgaç, yana dezinfeksiyalanadi.

Eron hukumati ham odamlarni banknotalardan saqlanişga çaqirmoqda.

AQŞda esa Federal zaxira xizmati Osiyo mamlakatlaridan keladigan 7 yoki 10 kunlik hisob-kitoblarni karantinga qöymoqda.

Armaniston Markaziy banki Covid-19 pandemiyasi tarqalişining oldini oliş uçun eski banknotalar yangilariga almaştirib borilişi haqida e'lon qildi.