Bu haqda festival taşkilotçilarining bayonotida ma'lum qilingan. 

Nufuzli kinofestival 12-23 may kunlari ötkazilişi kerak edi.

“Bugun biz Kann kinofestivalini belgilangan muddat – 12 maydan 23 maygaça ötkaza olmasligimiz haqidagi qarorga keldik. Ayni vaqtda uni ötkaziş muddatlari böyiça bir neça variant örganilmoqda, ulardan eng asosiysi festivalni iyun oxiri-iyul boşiga köçiriş hisoblanadi”, deb aytilgan bayonotda. 

Taşkilotçilarning ta'kidlaşiça, Fransiya va dunyoda koronavirus epidemiyasi bilan boğliq vaziyat festivalni ötkazişga imkon berişi bilanoq bu haqda xabar qilinadi. 
 
Kinofestival Fransiyaning Lojuvard sohilida 1946 yildan beri har yili ötkazib kelinadi. Joriy yilda u 73-marotaba ötkaziladi. Festival 1948 va 1950 yillardagina mablağ yetişmovçiligi sababli ötkazilmagan. 

2019 yilda festivalning boş mukofotini janubiy koreyalik rejisssyor Pon Çjun Xoning “Parazitlar” filmi qölga kiritgandi.