- Musulmon inson vabo çiqqanida qanday manzilda bölişi kerak? Avvalambor, musulmon kişi e'tiqodini töğrilaydi. Vabo nima, qayerdan keldi va nima uçun berildi? Bizning aqidamizda vabo – Alloh subhanahu taoloning bandalariga ba'zan sinov uçun, ba'zida jazolaş uçun va ba'zan ularni poklaş uçun yuboradigan narsadir. 

Rahmatulloh qori Sayfuddinov

Bu haqda, vatandoşimiz Imomul Buxoriy özlarining «Sahih»larida Ummul möminin sayyida Oişa roziyallohu anho onamizdan rivoyat qilganlar.  

Hazrati Oişa onamiz roziyallohu anho aytadilarki:

«Men Rasululloh sallollohu alayhi vasallamdan töun* haqida söradim. Şunda Rasuli Akram sallollohu alayhi vasallam javob berdilar: «U Alloh taoloning bandalariga olodin yuborgan bir azobi bölib, xohlagan bandasiga yuborar edi. Lekin, mömin-musulmonlarga Allohning rahmatidir. Kimki, mana şu töun tarqalganida öz şahrida yoki öz uyida sabr qilib, savob umid qilgan holda va unga Alloh taoloning yozganidan boşqa narsa yetmasligiga işongan holda ötirsa, unga şahidning ajri barobarida ajr beriladi», - dedilar». 

Bu hadisi-şarif ayni bizning vabo vaqtida manzilimizni bayon qilgan hadisdur. Amal qilişimiz kerak bölgan hadisi-şarifdur. Demak, xalq bunday vaziyatda öz uyida qolmoği, sabr qilmoği, sabridan savob umid qilmoği va albatta, öşa vaqtda ham e'tiqodda adaşmaslik kerak. E'tiqod nima? Bizga Alloh haq subhanahu taolo yozgandan boşqa narsa yetmaydi. Hadisga e'tibor qiling, oldin sabablarni qilişga körsatma bölyapti, ya'ni uyingda ötir, sabr qil, öşa karantin talablariga rioya qil, söngra, aqidangni ham töğrila: Alloh yozganidan boşqa narsa menga yetmaydi!

Bundan insonga, vabodan vafot etişi şart emas, tirik insonga ham uyda sabr qilib ötirgani, karantinga rioya qilgani uçun şahidning savobi beriladi. 

Bunday hadisi-şariflar ham bor. Oyatlarda ham biz bunga (karantinga) çaqiriq topamiz. Masalan, Naml surasida, Sulaymon alayhissalomning insonlar, jinlar va quşlardan tarkib topgan qöşini kelayotganida, çumolilar podşohi qavmiga qarata: «Uylaringga kiringlar, Sulaymonning qöşini sizlarni bilmagan holda ezib, halok qilib qöymasin», - degan mazmunda. Ya'ni, oğir vaziyat paydo bölganida, çumolilar podşosi xalqiga aytayaptiki, uylaringga kiringlar.