Xitoydagi rasmiy naşrlardan biri – Global Times mamlakatda bir kişi hantavirusdan vafot etgani haqida xabar tarqatdi.

«Yunnan provinsiyasidan bölgan bir kişi duşanba kuni charter avtobusda Şandong provinsiyasiga ketayotgan vaqtida vafot etdi. Undan olingan tahlillar hantavirusga musbat natija berdi. Avtobusdagi qolgan 32 kişi ham tekşiruvdan ötkazildi», – deyiladi xabarda.

COVID-19 koronavirus ham aynan Xitoyda tarqalib, pandemiyaga aylangani va yil boşidan buyon jahon böyiça 17 mingdan ortiq kişini hayotdan olib ketgani fonida uşbu yangilik ança xavotirli qabul qilindi.

Bugun, 24 mart kun hantavirus sözi Twitter trendida birinçi öringa çiqdi.

Avvalo şuni ta'kidlaş kerakki, hantavirus epidemiyaga aylanişi ehtimoli yöq. Virusning And toğlarida (Janubiy Amerika) uçraydigan bir turidan taşqari, qolgan heç bir şakli odamdan odamga yuqmaydi.

Hantavirus nima?

AQŞning Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi ma'lumotiga köra, hantavirus oilasiga kiruvçi viruslar asosan kemiruvçilar orasida tarqalgan bölib, odamga yuqqanida bir neça xil kasallikni keltirib çiqaradi.

Inson uni faqatgina kemiruvçi bilan kontaktda bölib, uning siydigi, axlati va sölagi orqali, kam hollarda esa kemiruvçi tişlab olişi oqibatida yuqtirişi mumkin.

Virus öz taşuvçisi – kemiruvçida kasallik keltirib çiqarmaydi. Odamga yuqqanida esa ikki xil sindrom rivojlanişi mumkin: hantavirus öpka kasalligi (1) yoki buyrak yetişmovçiligi bilan keçuvçi gemorragik isitma (2).

Birinçi holatda kasallik isitma, holsizlik, muşaklarda oğriq bilan boşlanib, ba'zi hollarda boş oğrişi, boş aylanişi va titroqqa sabab böladi. Davolanmagan taqdirda yötal va nafas yetişmovçiligi bilan 38 foizgaça holatda ölimga sabab böladi.

Ikkinçi şakl sindrom ham şunga öxşaş simptomlar bilan boşlanib, qon bosimining tuşib ketişi, kuçli şok holati va ötkir buyrak yetişmovçiligini çaqirişi mumkin.

Profilaktika

Kasallikka qarşi effektiv dori vositasi yöq, simptomatik davo va immunitetni oşirişga qaratilgan çoralar köriladi.