Tokio-2020 Olimpiadasi koronavirus pandemiyasi tufayli Xalqaro olimpiya qömitasi qaroriga köra, 2021 yilga qoldirildi. Olimpiadadagi eng asosiy umidimiz bölgan boksçilarimiz Iordaniyada ötgan Osiyo va Okeaniya saralaş bosqiçida 7ta yöllanmaga ega çiqişgandi. Oldinda yakuniy jahon bosqiçida ham ikkita yöllanma uçun kuraş olib boriladi. Özbekiston milliy jamoasining katta murabbiyi Tölqin Qiliçev Tribuna.uz sayti muxbiri bilan suhbatda yana qaysi çarmqölqop ustalarimiz Olimpiadaga borişi mumkinligini ma'lum qildi.
- Tölqin aka, Iordaniyada ötgan Osiyo va Okeaniya saralaş bosqiçida Olimpiadaga 7ta yöllanmaga ega çiqdik. Turnir siz uçun qanday ötdi? Natijalardan qoniqdingizmi?

- Umumjamoa hisobida 1-örinni egallaganimizni inobatga olsak, har doimgidek “planka”mizni tuşirmaganimizdan qoniqdik. Lekin litsenziyamiz 2ta kam böldi, biz 100 foiz natija bölişiga harakat qilgandik. Umuman olganda bu ham bizga öziga xos motivatsiya beradi. Sababi yigitlarimiz qöldan çiqarilgan uşbu ikki yöllanmadan töğri xulosa qilib, keyingi safar har bir imkoniyatdan maksimal foydalanişga intilişadi. Bu ham yaxşilikka - har bir borilgan musobaqada barça toifalarda yutib kelaversak, yigitlar «zör ekanmiz», deb xotirjamlikka berilişlari ham mumkin.
- Olimpiadaga yana ikkita yöllanmani qölga kiritiş imkoniyati bor. Yakuniy saralaş bosqiçida özbekistonlik qaysi boksçilar qatnaşişi borasida bir qarorga kelindimi?

- Olimpiada öyinlariga hali yöllanma olmagan boksçilar örtasidagi may oyida Fransiyada ötişi kerak bölgan jahon saralaş bosqiçidagi turnir qoldirilgan. Bu saralaş turnirining yangi mezboni va sanasi hali aniq bölib ulgurmagan bölsa-da, unda ham ikki boksçimiz bilan iştirok etamiz. Hozirda 75 kg vazn toifasida Isroil Madrimov va 81 kg vazn toifasida esa Dilşod Rözmetovlarning nomzodiga töxtalayapmiz. Yakuniy saralaş bosqiçi sanasi ma'lum bölgunga qadar Isroil professional boksdagi faoliyatini davom ettiraveradi.
- Oldingi suhbatimizda Fransiyadagi turnirda 75 kg vazn toifasida Isroil Madrimov emas, Bektemir Meliqöziyev qatnaşişi haqida aytgan edingiz. Özgarişga nima sabab böldi?

- Xuddi şunday, dastlab Bektemir Meliqöziyev iştirok etişi rejalaştirilgandi. AQŞda professional boks bilan şuğullanayotgan boksçimizga ruxsatnoma kelişi kerak edi, biroq kelmadi. Şu bois tavakkal qilolmadik va Isroil Madrimov qatnaşadigan böldi.

















