«Bitta narsani yodimizdan çiqarmasligimiz kerak. Kimdir işlatilgan niqob, şprits va boşqa tibbiy jihozlarni köça-köyda betartib taşlab ketişga urinsa yoki kimdir ularni olsa, nafaqat tibbiyot muassasalari, sanitariya-epidemiologiya nazorati tizimidagi taşkilotlar, balki keng jamoatçilik ham bunga qat'iy munosabat bildirişi kerak.

Bizda bir-birimizni nazorat qiliş tizimi, ming afsuski, unçalik yaxşi işlamaydi. Biz heç qaçon birovga: «Bunday qilma, niqobingni taqib ol, bunday yurma», degan e'tirozlarni aytişga örganmaganmiz.

Aniqroq aytsak, kel, qöy, degan holatda iymanamiz xolos.

Aslini olganda, bu kabi fikrlarni har birimiz bildirişga örganişimiz kerak», dedi Otabekov 27 mart kuni brifingda.